Breaking News

Amerikalik olimlar: Al Qoida ishini Markaziy Osiyoga ko'chirmayapti - 2004-05-04


Markaziy Osiyo terrorga qarshi urushda asosiy mintaqami? Al-Qoida haqiqatdan ham ishini endi Markaziy Osiyoga ko'chiryaptimi? O'zbekistonda Islomiy muxolifat... O'zbekiston terrorga qarshi kurashyaptimi yoki ichki muxolifatga?

Amerikalik ba’zi mutaxassislarga ko’ra, Al Qoida Markaziy Osiyo bilan, qolaversa terrorizmga qarshi kurashda AQShning yaqin hamkorlaridan biri bo’lgan O’zbekiston bilan unchalik qiziqmaydi. Yaqinda Washington shahrida joylashgan Strategik va Xalqaro Izlanishlar Markazida Markaziy Osiyoda Islom, extremistik guruhlar faoliyati va AQShning mintaqaga ko’rsatayotgan ta’siri muhokama qilindi.

O’zbekiston va terrorga qarshi urush masalasi haqida gap ketar ekan, AQShning Notre Dame Universiteti professori Dr. Kathleen Collins, O’zbekistondagi so’ngi portlashlar Al Qoida o'z ishini mintaqaga ko’chirganidan dalolat bermaydi, dedi. Shuningdek, olima AQShning O'zbekistonda oz' xarbiylarini saqlashi tufayli terroristik hujumlar bo'lishi mumkin, degan fikrni inkor etdi.

Seminarda ishtirok etgan boshqa mutaxassislar Dr.Collinsga to’liq qo’shilishmasa-da, musulmon terroristlarning asosiy qiziqishi Yaqin Sharqda va ular o’sha mintaqa manfaati uchun kurashishadi, deya mulohaza bildirishdi.

Soz’ga chiqqan ba'zi mutaxassislarning ta'kidlashicha, Arab mamlakatlarida Markaziy Osiyoga nisbatan qiziqish unchalik yuqori emas va Arab matbuoti bu mintaqadagi o’zgarishlarni yaqindan yoritmaydi.

O’zbekistonda Islomiy muxolifat mavzusi haqida so’z yuritilar ekan, O’zbekiston terrorga qarshi kurashdami yoki ichki muxolifatgami, degan savol ko’tarildi. Dr. Kathleen Collins javob berishga urinar ekan, O’zbekistonda ko’pchilik musulmon exptremistlarning g’oyalarini ma’qullashmaydi; mintaqada terrorga qarshi kurash usullari o’zgartirilishi lozim, dedi.

Kolumbia Universitetining Barnard Kollegi professori Dr. Kimberly Marten, AQSh xarbiylarining O’zbekiston va Qirg’izistonda mavjudligi aholi ruhiyatiga chuqur ta’sir o’tkazmoqda, deya ma'ruza qildi. Olimaga ko’ra, xalq orasida AQSh mintaqadagi avtoritar hukumatlarni quvvatlayapti, degan tashvish bor. "AQSh harbiylari qaysi mamlakatda bo’lmasin, u yer jamiyatiga kuchli ruhiy ta’sir qilib kelishgan..." Tadqiqotchi Amerika qo'shinlarining Janubiy Koreada va Saudiya Arabistonida qilgan ta'sirlarini haqida misollar keltirdi.

Mintaqada AQShdan kelayotgan moliyaviy yordam teng ravishda taqsimlanmaydi, balki mahalliychilik asosida ma’lum bir kuchga ega guruhlar qo’liga tushadi, dedi Dr. Marten. Uning fikricha, AQSh mintaqaning oddiy xalqiga yetishga, mahalliychilikdan yiroq kishilarga yordam berishga, ular bilan ishlashga va ularga iqtisodiy jihatdan imkoniyatlar yaratishga harakat qilishi lozim.

XS
SM
MD
LG