O'zbekistonliklar: Portlashlardan keyingi hayot - 2004-07-02


Toshkentning shovqin suronli, gavjum bozori Chorsuda har kuni minglab kishi savdo-sotiq uchun to’planadi. Bozor qarshisidagi militsiya boshqarmasi yaqinida shu yilning 29 mart kuni bir necha ayol o’zini qurbon qilib bombalar portlatishgandi. Oqibatida to’qqiz kishi o’lib, bir qancha kishi jarohatlangandi.

Shu voqeadan keyin politsiya boshqarmasi bozordan uzoqroq joyga ko’chirildi. Bomba portlagan joyning oldida savdo qilayotgan ayol bozor xavfsizligi yaxshi va tijorat ham yurishayotganini aytib, portlashlar yuz bergan kunning ertasigayoq bu joyda osoyishtalik o'rnatildi, deydi.

Bozorda-ku avvalgidek tinchlik, savdo sotiq davom etayapti. Ammo Toshkent shahrining boshqa joylarida katta o’zgarishlar bo'lmoqda. Poytaxt bo’ylab har qadamda militsiya xodimlarini ko’rish mumkin. Yengil va yuk tashuvchi mashinalardan ko’pining tekshirilayotgani hamda boshqa xavfsizlik choralari sabab ko’cha qatnovi ba'zida to’xtab ham qolmoqda. Aeroport xavfsizliginining kuchaytirilishi va yo'l qatnovinining sekinlashishi xalqqa noqulaylik yaratgan.

Buhoro shahridan taqriban 20 kilometr uzoqlikdagi Qahramon qishlog’i odamlari tashqaridan kelganlarga shubha bilan qarashadi. Qishloqda bomba portlashi oqibatida o’n kishi o’lgandi. Hukumat voqeada terroristlarni ayblaydi.

Ismini aytishni istamagan 77 yoshli bir kishi, qishlog'imizda avval bunday dahshatli narsa yuz bermagandi, deydi.

Oqsoqol, portlashda o'lgan bir yosh yigitning bobosi ekan. "Nevaram bilan do'stlashgan ba'zi kishilar unga ibodatning boshqacha usuluni o’rgatishga urinishdi. Nevaramga ulardan uzoqroq tur dedim, lekin gapimga kirmadi. Mana endi nevaram o’ldi, oilamiz sharmanda bo’ldi, deydi u.

Qishloq hokimiyati mulozimlaridan biri, bizga qishloqliklar bilan gapirishga haqqimiz yo’qligini bildirdi. Lekin o'zi gaplashishga tayyor ekan. U, hozirda qishloqda osoyishtalik o’rnatilgan va endilikda O'zbekiston hukumati yuqoridagi kabi voealarni oldini olishga harakat qilmoqda, deb ta'kidladi.

Chorsu bozorida kunlik savdosi bilan band ayolning aytishicha, terrorizm haqiqatda qo’rqinchli narsa, qachon va qayerda sodir bo’lishini hech kim bilmaydi.

XS
SM
MD
LG