"Amerika Ovozi" o'zbekcha radio dasturlarini to'htatyapti - 2004-07-28


“Amerika ovozi” ko’p qirrali matbuot tizimiga aylangani va asosiy diqqat-e’tiborni televideniye ko’rsatuvlari yo’nalishiga qaratayotgani munosabati bilan o’zbek tilidagi radio eshittirishlar 31 iyul, shanba kunidan e’tiboran havoga uzatilmaydi.

O’zbek xizmati esa mintaqadagi xususiy televideniyelar uchun sun’iy yo’ldosh orqali dasturlar yetkazib turish bilan o’z faoliyatini davom ettiradi.

Demak, bizning teledasturlarimizni kuzatib borishingizga umid bog’laymiz. “Amerika ovozi” hamisha sizning xizmatingizda.

XS
SM
MD
LG