Siyosiy timsollar bozorda chaqqon - 2004-09-07


Saylovoldi kayfiyatidagi Respublikachilar shu kunlarda o’z siyosiy nuqtai-nazarlarini faqat minbarda turibgina emas, balki kiyim-kechak bozorlarida ham bildirishmoqda.

Futbolkalar, bosh kiyimlari va boshqa bir dunyo mollar. "Buning narxini 35 dollarga tushirdik. Fillar, yulduzlar, etiklar bor."

Rafiqasi uchun sovg'a sotib olgan bir Respublikachi deydi: "Prezidentimizni qayta saylab olsak, xotinim yil ohirida buni maktabga yoki daftariga qo’yib qo’yadi."

Ammo zamonaviy tijorat yuksak cho’qqilarga yetib bo’lgan. Hatto yangi yil archasidagi o’yinchoqlar ham siyosatga xizmat qiladi, ular orasida Prezident Bushni ham ko’rasiz. "Bu o’yinchoqning bozori chaqqon, atigi beshta qoldi hozir," deydi sotuvchilardan biri.

Prezidentlarning oyoq kiyimini sotadigan kompaniya ham o’z mahsulotlarini taklif qilmoqda. Bundan tashqari, qiziqqanlar o’zlari yoqtirgan sobiq prezidentning byustini ham olishlari mumkin.

Oziq-ovqatlarni aytmaysizmi, vinoning yorlig’iga Respublikachilarning shiorlari bosilgan. Vino sotuvchisiga ko'ra, vinolar raqamlangan va har bir vino turining 2004 ta butilkasi chiqarilgan, xolos.

Mabodo endi Heinz ketchupiga qiziqmasangiz, chunki bu ketchup kompaniyasining egasi Bushning raqibi John Kerryning rafiqasi Tereza Heinz Kerry, unda sizga W deb nomlangan respublikachilarning sevimli ketchupini ko’rsatishadi. "Heinz ancha nordon. Bizniki shirinroq, ichida pomidori ko’p, juda yaxshi."

Achchiq sousning ikki turi bor-ular o’ng qanot va chap qanot deyiladi. Chap qanot sousi lebiralcha qo’llang, desa, o’ng qanot konservativ tarzda ishlating, degan ma’noni anglatadi. "Ammo, tadbirkor sifatida biz xaridorlarning mahsulotga nisbatan konservativ emas, agressiv bo’lishini ma’qul ko’ramiz," deya qayd etadi do'kondorlardan biri.

Rastalar yonida maktab va kollejlardagi sport musobaqasida sahnaga chiqadigan o’yinchilarini ham ko’rasiz. Lekin, bu safar ular saylov kollejiniki ekan. "Saylov kolleji" hamma shtatlardan kelgan 538 vakildan iborat guruh bo’lib, ular prezident saylovida berilgan ovozga binoan prezident va vitce prezidentni rasman saylashadi. "Biz Amerikaning asl partiyasi maktabimiz. Amerika tanlaydigan guruh. Bu maktabga har 4 yilda 538 yangi vakil kishi olinadi."

Partiyalarning qurultoylari o’tayotgan paytda ochiq bu do'konlar, saylov kampaniayasi qiziyotgan joylarda ko’chib yurishadi. Bozor esa hamisha chaqqon.

XS
SM
MD
LG