Breaking News

Yahooni "Yahoo!" qilgan kovboy - 2004-09-07


Dusty shaharchasi AQSh g’arbidagi Washington shtatining tog’li hududlaridan biri. Shaharchada jami 11 kishi yashaydi. Chorvador er-xotin Waili va Kimberli Gustafsonni hamma taniydi.

Waili kantri, ya’ni Amerikaga xos mumtoz musiqa yulduzi. U shuningdek, iodel’ janrida kuylaydi. Baxshi desa bo’ladi. “Iodel’ qo’shiqchilik san’atining bir turi. Shu bois bu yo’qolib ketgan janrni tiklashga urinyapman,” deydi qo’shiqchi.

Waili Amerika mumtoz musiqasi yuragi bo’lmish Nashville shahridagi Grand Ole Opry degan katta sahnada 45 marta konsert bergan. Ashulalari va iodel’ janridagi kuylari shu davrgacha 9 albomda chiqdi.

1996 yil Yahoo degan Internet kompaniyasi Wailiga murojaat qildi. Kompaniya unda faoliyatini endigina boshlayotgan edi. Hali ko’p odam ular haqida bilmasdi. “O’zlarini reklama qilishmoqchi ekan. Reklama bizning erkin ruhimizni aks ettirsin, shu sabab iodelni qo’llamoqchimiz, deyishdi. Men ularga uchta notalik mana bu ohangni taklif qildim: “Yahoo,” deya hikoya qiladi u.

Yahoo Wailiga bu ish uchun yarim million dollar to’ladi. Waili va Kimberli esa bu pul evaziga katta otxona qurishga muvaffaq bo’lishdi. Maxsus yetishtirilgan bu otlar, ba’zi mollarni, podadan ajratadi.

Sevimli otini u shunday tasvirlaydi: “ Bu otni biz Sugar, ya’ni viski shakari deb ataganmiz. Yaxshi ot. Hunarini ishlatib, shu kungacha 15 ming dollar topdi. Mintaqadagi eng zo’r otlardan.”

Qora-molni bir-biridan ajratish lozim bo’lganda, bu otlar juda qo’l keladi. Bir sigir kasal bo’lsa, uni boshqalaridan ajratish kerak. Bu ot kasal va sog’ sigirlarni bir-biriga yaqinlashtirmaydi. Ularni alohida saqlash otga osonga tushmaydi.

Ot chorvador uchun o’ta muhim vosita. Wyliening o’nlab otlari bor. Shuningdek, 20 bosh sigiri va 12 ta bizoni, ya’ni buyvoli ham bor. Waili deydi: ”Qo’shiqlarimni kundalik hayotimdan olaman. Mollarni arqonlash, ularni bir-biridan ajratish, yoki hamma tashvishlarni unutib, subhidamda otda sayr qilishdan.”

“Unga mollarga qarashda yordam beraman. Chorvasi tinch bo’lsa, ijodi ham yaxshi davom etadi. Biz baxtlimiz. U baxtdan ilhomlanib, musiqa yozadi,” deydi Kimberli, umr yo'ldoshi haqida gapirarkan.

Muxlislarga ko’ra, Wyliening musiqasi bu asl chorvador ruhiyati- rostg’oylik, samimiylik, oddiylik, askiya va erkinlik. Qolaversa, kavbo'yning jarangdor ovozi.

XS
SM
MD
LG