Breaking News

Xurrak odat emas, kasallik alomati - 2004-09-08


Uyqu apneasi har qanday yoshda uchrashi mumkin. Aslida uyqu kasalligidan qiynalayotganini bilmaydigan millionlab kishilar bor. Apneada kishi uxlayotganda nafas olishga qiynaladi. Ba'zida bu miyaga bog’liq, lekin ko'pincha dam olayotgan muscullar nafas yo'lini bekitib qo’yadi. Natijada kishi nafas olishdan to'xtaydi.

Kardiolog Virend Somersga ko'ra, uyqi apneasi ham erkak ham ayollarda uchraydi, "lekin ko’pincha erkaklarda. Ular uyquda nafas ololmay qolishadi."

Bu hol ba'zan 10 sekunga, ba'zan bir soat ichida 20-60 marta, bir kechada hatto yuzlab marta yuz berishi mumkin. Diafragmaning siqilishi insonni nafas olishdan to’htashga olib keladi.

Minnesota shtatining Rochester shaharchasidagi Mayo klinikasi shifokori Somers, apneaga uchragan kishini kundizi uyqi bosaveradi, deydi. "Davolanmasa, qon bosimi ko'tarilshi, yuragi noziklashishi, yoki falaj bo’lib qolishi mumkin."

Uyqu apneasidan azob chekayotgan millionlab amerikalikning atigi 10 foizga yaqini nimadan qiynalayotganini biladi. Shifokorga murojaat qilayotganlar va davolanayotganlar juda kam.

Xurrak otish bu kasallikning eng kuchli alomatlatlaridan biri, deya tasvirlaydi shifokor Somers.

"Xurrak tortadigan kishi uyqi apneasiga uchragan bo'lishi mumkin. Lekin buning alomatlarini odatda o’sha odam bilan bir joyda uxlaydigan kishi aniqroq sezadi.U yonidagi odamning nafas olishga qiynalayotganini, to’htab-to’htab nafas olayotanini ko’radi."

Bu kasallikni uning darajasiga qarab, davolash mumkin. Somers bu borada shunday deydi:

"Dastlab, bemor uxlaganda qanday yotishini o’zgartirishi kerak. Yoni bilan yotgan yaxshi, orqasi bilan uxlash esa apneadan azob chekayotgan kishining ahvolini yanada keskinlashtiradi. Ikkinchidan, retseptsiz olinadigan dorilardan, qolaversa spritli ichimliklardan voz kechish kerak. Uchinchisi va eng muhimi vaznni kamaytirish. Ozish bu kasallikni yengillashtiradi." Lloyd va Teresa Cookning turmush qirishganiga 40 yil bo’ldi. "Qotib uxlab yotgan bo’lsam-da, [erimning] nafas olishdan to’htaganidan uyg’onib ketaman," deydi Tereza. Lloyd bo'lsa, nafas olomay qolganda, uning qadrini anglarkan, deya qo'shadi.

Apnea Lloydning hayotini ko’p marta xavf ostiga qo’ygan. O'rta yoshli, vazni ancha og’ir bu kishi 4 marta yurak hurujini boshdan kechirgan. U endilikda, uyquda odamning nafas yo'lini ochiq saqlashda yordam beruvchi c-pap degan maxsus niqob ishlatadi. Niqob bilan uxlashga odatlangan.

Niqob kishining nafas yo’llarini ochiq turishi uchun zamin yaratadi.

"Mazkur niqobni hammani davolamaydi, ammo 80 foiz hollarda ish bermoqda. Hozircha eng foydali chora shu," deydi tibbiyotshunoslardan biri.

Uyqu apneasini davolash uchun bunday niqobning turli xillari chiqarilmoqda. Ilmiy izlanishlar natijasida bu xastalikning xavfi kutilganidan ham kuchliroq ekani ma’lum bo’lyapti.

"Hayotni sevaman," deydi bemor Lloyd, "besh daqiqalik umrim qolgan bo’lsa, shuni ham yashay."

Uxlashga qiynalayotgan er-xotin 40 yildan so’ng shirin uyquning qadrini qaytadan anglashmoqda.

XS
SM
MD
LG