Breaking News

Yurak kasalliklari AQSh ayollari orasida ko'p uchraydi - 2004-09-08


AQShda yurak kasalligi qurbonlari, asosan ayollardir. Ularning har besh nafaridan biri yurak xastaligidan azob chekadi.

Bu borada tekshiruv olib borgan shifokorlarga ko’ra, yuragi huruj bergan ayollarning atigi 8 foizi ko’krak qafasida og’riq sezganini aytgan. Og’riqni sezmagan ayollar orasida o’lim, sezganlarnikidan ko’ra, uch marta ko’proq yuz beradi.

Ko’pchlik ayollarda yurak huruji alomatlari havo yetishmaslik, jag’, bo’yin va qo’llarning og'rishi, sovuq ter bosishi, ko'ngil aynashi va bosh aylanishi bo’lishi mumkin.

Elektrokardiogrammalarga esa, gormon o'zgarib turishi sabab, har doim ham ishonib bo’lavermaydi.

Shifokorlarning fikricha, ba’zi ayollar uchin exokardiogramma ko’rigidan o’tish ma’qulroq. Bunda kardiologlar qon yo'nalishini yaxshiroq ko'rishadi.

Eng muhimi, deyiladi ilmiy xulosada, doktorlar, ayniqsa tez yordam bo'limida ishlovchilar, yurak xurujining dastlabki alomatlari haqida mukammalroq bilishlari kerak.

XS
SM
MD
LG