"Terrorizm cheki ko'rinmaydigan urushdir" - 2004-09-10


AQSh 2001 yilning 11 sentyabrida unga hujum uyushtirgan Al Qoidaga qarshi urush ochib, guruhga panoh bergan Tolibonning Afg’onistondagi hukmronligiga nuqta qo’ydi. Al Qoida yetakchisi Osama bin Ladenni qo’lga olgani yo’q, ammo uning ba’zi orinbosarlarini ushlashga muvaffaq bo’ldi. Terroristik hujumlar esa davom etaverdi: Balida, Riyodda, Madridda ...

New Jersey shtatining sobiq gubernatori Tomas Kin 11 sentyabr voqealarini tekshirish maqsadida AQSh Kongresi tuzgan mustaqil komissiyaga boshchilik qildi. Komissiya Al Qoida endilikda terroristik amaliyotlarga boshchilik qilmasa-da, boshqalarni bunga ilhomlantiryapti, deb xulosa qildi.

"Al Qoida, aniq bir guruh emas, ideologiya tarqatuvchi manbadir," deydi u. "Shu sabab, kelasi yillar ichida terror xavfi pasayadi, deya olmaymiz. Kimni o’ldirmaylik, tutmaylik, jumladan Osama Bin Ladenni, bizga qarshi hujum uyushtiruvchilar chiqaveradi."

Kongres komissiya tavsiyalariga tezlikda javob berib, yozgi ta’til paytiga qaramasdan, o’ndan ziyod tinglovlar o’tkazdi. Tavsiyalarni qonun sifatida qabul qilish jarayoni ham boshlangan; ularning shu oy ohirigacha ma’qullanishi kutilmoqda. Chunki, deydi Respublikachi Senator John McCain, malakat hali ham xavf ostida.

"Xalqaro terrorizmning xavfi aniq. Qo’mita, partiya yoki qonunlarga qaramasdan, komissiyaning tavsiyalariga nisbatan chora ko’rish bizning burchimizdir,” ta'kidlaydi senator.

Bush rahbariyati Saddam Hussein AQShga xavf solmoqda, deya Iroq hukumatiga qarshi urush ochdi… Amerika ichki xavfsizlik vazirligi chegara, aeroport, yadroviy inshoatlar, hukumat binolarida xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.

11 sentyabr voqealaridan beri uch yil o’tdi, ammo terroristik hujumlar oldini olish qiyin masalaligicha qolmoqda, deydi ichki xavfsizlik vaziri Tom Ridge. "Bizga har kuni dushmanning biz qilayotgan o’zgarishlarga qarab o’zgarayotgani haqida ma’lumot olamiz. Biz bir zaif tomonni tuzatsak, dushman boshqa bir zaif tomonni topadi,” deydi vazir.

Tahlilchi Nil Livingstounga ko’ra, terrorizm cheki korinmaydigan urushdir. “Biz bu urushda yutyapmiz, deyish biz aralashgan urushning aniq yakun bo’ladi, degani bilan barobar.”

Bu urushning ko’rinishi o’zgarsa, dushman ham oz’garadi, deydi Livingstoun: “Muammo shuki, hozirda yirik terror markazlari bor. Biz ularga qarshi chora ko’rishimiz kerak. Eron 1979-80 yillardan beri dunyo bo’ylab terrorizmni va Islomiy fundamentalizmni quvvatlovchi maskan bo’lib kelyapti.”

AQSh mudofaa vaziri o’rinbosari Po’l Vo’lfovits, terrorizmning global xavfiga global javob berish lozim, deydi. “Terrorga qarshi urushda yutish -erkinlikni kengaytirish, umid urug’ini sochishda davom etishni talab qiladi, ayniqsa, Yaqin Sharqda va musulmon dunyosida.” Vo’lfovitsga ko’ra, 11 sentyabrdagi kabi hujumlarning qanchasini oldi olinganini hech qachon bilmaymiz.

XS
SM
MD
LG