Breaking News

"Ivan Grozniy": Amerika bo'ylab - 2004-09-20


AQSh janubini urgan Ivan dovuli 40 nafar amerikalikning hayotiga zomin bo'ldi. Dovul ketidan Ohayo, G'arbiy Virginiya va Pennsilvaniya shtatlariga sel keldi.

Sun’y yer yo’ldashi orqali qaralsa, Ivan dovuli Karib dengizini, oppoq bulut girdobiga o’rab olgandek. Bu manzara ortidagi yer o’tgan hafta kuchli shamollar ichida qolib, katta talofat ko’rdi.

Beshinchi darajali dovul Karib dengizi orollarini qaqshatdi. Yamayka, Gaitidan o’tib, Dominikan Respublikasi va Venesuela tomon yo’l oldi. O’nlab kishilar halok bo’ldi, millionlab dollar zarar ko’rildi.

Grenadada odamlar turar-joysiz qolishdi, bo’ronda uylari butunlay vayron bo’ldi. Ichimlik suvi tanqis. Suv uchun soatlab navbatda turishdi. Yamaykada dovul yo’llarni buzib tashladi. Atlantika okeanidan keladigan dovullar bu mintaqani har yili, iyul-noyabr oylari orasida uradi.

Bu yil kuchli dovullarning uchtasi keldi, hammasining nomi bor: Charlie dovuli, oradan biroz o’tmay Francis dovuli, shu kunlarda esa Ivan bo’roni. Kuba hukumati sohildagi aholiga ko’chishni buyurdi. AQShning Florida shtati sohillari ham dovul qurboni bo’ldi. Batareya va ichimlik suvi kamyob. Floridaliklar uchun dovulga tayyorlanish kundalik ish.

"Dahshat. Dovul kelyaptimi, demak tayyorlanasiz. Tayyorman, deysiz. Keyin esa yana bir dovul keladi, endi ketdi, desangiz, yana bir boshqasi kelayapti," deydi David Craine.

Florida gubernatori Jeb Bush, uch hafta ichida uch marotaba xalqni bosh-pano izlashga chaqirishga majbur bo’ldi.

"...bu dovulning aynan qayerga ketayotganini bilmaysiz," dedi Jeb Bush.

Ivan Grozniy deb atalayotgan bu dovul Karib havzasiga 1979 yilda kelgan Dovud bo’ronidan keyingi ikkinchi eng kuchli dovuldir. Florida esa 1992 yilda shu kabi tezlikdagi Andryu dovuli ostida qolgandi.

XS
SM
MD
LG