Nyu Yorkda Yo-Yo-Ma va Buyuk Ipak Yo'li musiqachilar guruhi konsertlar berdi - 2004-09-23


Musiqa olamidagi eng yuksak mukofotlardan biri, AQShda beriladigan Grammi mukofotining 15 marotabalik sovrindori Yo-Yo-Ma va uning Buyuk Ipak Yo’li musiqachilar guruhi o’tgan hafta New Yorkda mehmon bo’lib, qator konsertlar berishdi.

Namoyishlarda Ozarbayjon, Xitoy, Hindiston va Erondan kelgan musiqachilarga keng o’rin berilsa-da, markaziy osiyolik san’atkorlar, bastakorlarning ijodlaridan namunalar ijro etildi.

Nyu Yorkdagi Karnegi madaniyat saroyida kechgan konsertda o’zbekistonlik bastakor Dmitri Yanov-Yanovskiyning “Tun musiqasi: Barglar sadosi"(1966) nomli kompozitsiyasi ham havola etildi. Skripkani amekalik Jesse Irons chaldi.

Ikki kun davom etgan madaniy tadbirda nafaqat katta konsertlar, balki an’analarni qayta kashf etish, asrlar davomida Buyuk Ipak Yo’li bo’ylab saqlab kelingan urf-odatlarni tiklash, ertak aytish va musiqa san’atini o’rganish kabi mavzularda muhokamalar va majlislar o'tkazildi.

Shuningdek, omma Buyuk Ipak Yo’li o’tgan yurtlardan kelgan musiqachilarning birga mashq qilish jarayonini ham tomosha qilishdi.

(24 sentyabrdagi ko'rsatuvimizda konsertdan parcha bor)

XS
SM
MD
LG