Breaking News

Sheflarning sheflarining o'z klublari bor - 2004-09-23


Yaqinda Washingtondagi shohona Williard mehmonxonasida yirik davlatlar rahbarlarining bosh oshpazlari yig’ilishdi.

Guruh o’zini "Sheflarning Sheflari Klubi" deb ataydi.

Anjumanga dunyoning har burchagidan kelishdi. Oq Uyning bosh oshpazi Walter Scheib klub prezidenti.

"Klubimizga a’zo bo’lish uchun biror davlat rahbarining, qirollikning, prezident oilasining oshpazi bo’lish lozim. Hammamiz dunyo rahbarlariga ovqat qilamiz. Guruhimiz 38 a’zodan iborat," deydi AQSh prezidenti oshpazi.

Anjumanda oshpazlar o'zlarining eng so’ngi ixtirolarini namoyish etishdi.

Ba’zi ovqatlarda turli mamlakatlarga xos masalliqlarni ko’rasiz, masalan, Kanada bosh vazirining oshpazi go’sht pishirar ekan, unga mamlakatida o’sadigan olcha qo’shdi.

Shvetsiya rahbarining oshpazi iste’dodini ko’rsatishga ancha kamtarlik qildi. Kaptar go’shti, qisqichbaqa va malyuskali bir taom o’ylab topibdi. Ko’katlarni sevib ishlataman, deydi u:

"Bu mening ixtirom, lekin unchalik o’ziga xos emas. Ammo, taomni tabiiy ko’rinishini ma’qul ko’raman. Malyuskalarni grilda pishirdik, kaptarni esa duxovkada. Qisqichbaqani qaynatdik."

Oddiy Irlandcha sho’rva Irlandiya prezidentining bosh oshpazi tomonidan tayyorlansa, ancha o’zgacha taomdek ko’rinarkan.

Albatta, dunyodagi eng band kishilarga ovqat qiluvchi tinib tinchimas oshpazlarni bir joyga to’plash osonmas.

"Biz odatda bu anjumanimizni iyulning ohiri, avgust oyiga mo’ljallaymiz. Chunki bu davr ko’pchilik davlat rahbarlarining oilaviy dam olish payti. Ammo har yili klubimiz a’zolarining uchdan biri ish sabab anjumanimzida qatnasha olishmaydi," deya bildiradi Oq Uyning bosh oshpazi.

Willard mehmonxonasi boshqaruvchisi Gerve Gudrega ko’ra, mazali taom hatto eng og’ir kunlarda ham ko’ngilga oro beradi.

"Ba’zi masalalarda murosa qila olmasa-da, ovqatga kelganda odam xursand, hamma bir-biri bilan kelishib ketadi," deydi Gudre.

Oshpazlar uchun eng asosiysi taom uning qadrini biladigan, qorni och ho’randani to'ydirish. Asosiy taomlar... shirinliklar... Xullas, bu oshpazlar qo’lidan yeb, odam davlat boshqarishning juda bo’lmaganda bir mazali tomoni borligini biladi.

(Lavhani Juma, 24 sentyabrgi ko'rsatuvimizda tomosha qiling)

XS
SM
MD
LG