Respublikachilar ham, Demokratlar ham cheksiz moliya olish yo'lini topishgan - 2004-09-25


Bundan ikki yarim oldin- AQSh Kongresidagi uzoq bahslardan so’ng, federal miqyosdagi saylov kampaniyalarining moliyalanishiga doir yangi qonun qabul qilindi. Qonun individual donorlarning siyosiy partiya va nomzodlarga beradigan pul miqdorini chekladi.

Oradan ko’p o’tmay, Demokratlar va Respublikachilar bu cheklovni yon bosib o’tish yo’lini topishdi. AQSh soliq qonunining 527 bo’limi, hech bir siyosiy partiya va nomzod bilan aloqasi bo’lmagan guruhlarga saylov kampaniyasi uchun chegarasiz ravishda mablag’ to’plash va sarflash huquqini beradi.

Washingtondagi saylov kampaniyasi moliyasi instituti vakili Steve Weissmanga ko’ra, boy amerikaliklar endi pulni siyosatchilarga ana shu mustaqil guruhlar orqali yetkazib berishmoqda.

"Amerikada odamlarning siyosatchilarga beradigan pul miqdori cheklangan. Masalan, federal lavozim uchun nomzodligini qo’ygan kishiga $2000 dollardan ortiq pul hadya qilolmaysiz," deydi tahlilchi. "Ammo qonuning 527 bo’limi bunga imkon beradi."

"Kimning tarafodir-yu kimga qarshi ekaningizni aytmasangiz bas. Sizdan pul olgan guruh esa biror nomzodning sha’ni, ishi bilan bog’liq yaxshi yomon ma’lumotlarni tarqataveradi. Xohlagancha pul berish mumkin. Ba’zilar shu yo’l bilan yoqtirgan nomzodga 10 million dollardan ko’p pul berishmoqda," deya sharhlaydi Weissman.

Demokratlar ham, Respublikachilar ham o’zini mustaqil deb atovchi guruhlar orqali, bir-birlariga qarshi reklamalar qilishmoqda. Vietnam urushining ba’zi fahriylari yaqinda prezidentlikka nomzod Demokrat John Kerryiga qarshi reklama chiqarishdi.

Reklama, oz’ini haqiqat uchun kurashayotgan fahriylar, deb hisoblovchi guruh mahsuloti. Katta bahslarga sabab bo’lmoqda.

Weismann, "Bu reklama o’zini rasman saylov kampaniyasi reklamasi deb atamayapti. Unda John Kerryga qarshi ovoz bering, deyilmaydi. Lekin bu e’lon boshqa saylov reklamalari kabi siyosatga, odamlarning kimga ovoz berishiga ta’sir qiladi," deydi.

Tahlilchilarning fikricha, bunday reklama chiqarishni, qonunni suiste’mol qilishni aslida Demokratlarning o’zlari boshlashdi.

Moveon.org degan internet sahifasini boshqaruvchi guruh yaqinda mashhur odamlarni aks ettirgan siyosiy reklamalar bera boshladi. Ular saylovchilarni George Bushga ovoz bermaslikka chaqiradi. Guruh 2 noyabrdagi saylovga qadar har hafta bitta yangi reklama chiqarmoqda.

So’ngi ommaviy so’rovlar natijasiga qaralsa, mustaqil guruhlardan kelayotgan reklamalar aslida Bushga foyda qilayotgan bo’lsa ajabmas. Xalq orasida Bushni olqishlaganlar ancha ko’paygan.

Bushning o’zi esa respublikachi senator John McCain bilan, bunday reklamalarni maan etish kerak, deb chiqmoda. McCain federal saylov komissiyasini sudga berib, undan bunday reklamalarni ta’qiqlashni talab qilmoqda. Masala juda murakkab, uni bunday yechib bo’lmaydi, deyishadi kuzatuvchilar.

"Bu yilgi saylovda shu turdagi reklamalar muhim rol o’ynayapti. Saylovdan oldin ularni to’htata olishmasa kerak," deya sharhlaydi Weissman.

Demokratlar ham, Respublikachilar ham o’z nomzodlarini prezident qilishga intilishar ekan, ular olayotgan moliyaviy hadyalarni nazorat qilish muammoligicha qolmoqda.

XS
SM
MD
LG