Breaking News

Amerikaliklar vodorodda yuradigan avtomashinalarni sinab ko'rishmoqda  - 2004-09-27


Neft narxi oshib, atrof-muhit muhofazasiga e'tibor kuchayarkan, avtomashinalar kelajagi muhokama ostida.

Otgan yili AQSh hukumati tabiatni asrash va mamlakatning chet el neftiga ehtiyojini kamaytirish maqsadida vodorod yonilg'ili avtomashinalarni rivojlantirish qarori bilan chiqqandi.

Hozirgacha tajriba uchun vodorod bilan yuradigan bir necha mashinalar ishlab chiqildi.

Professor Scott Samuelsen, Kaliforniyadagi avtomashina tadqiqoti markazi vakili, vodorod ishlatadigan mashinalar haliveri bozorga chiqmaydi, deydi. "Buning uchun kamida 10 yil, balki 15-20 yil kerak bo’ladi."

Bu noyob mashinalar havodagi vodorod va kislorodning o’zaro kimyoviy reaktsiyasi natijasida quvvat olib, harakat qiladi. Chiqindi esa karbonat angedrid emas, suv bo’ladi.

Ammo, vodorod mashina bilan bog’liq muammolar ham bor. Vodoroddan hosil bo’ladigan bug’lanish tabiatni buzadi va vodorod ishlab chiqarish jarayoni benzin ishlab chiqarishdan ko’ra qimmatga tushadi. "Xo'sh, vodorodni benzindan ko’ra foydaliroq qilib ishlab chiqara olamizmi? Javob shuki, yo’q," deydi Samuelsen.

Shunday bo'lsa-da, Amerika jamiyati tabiatga kamroq zarar keltiradigan yonilg’i uchun pul sarflashga tayyor ko’rinadi. Lekin bu niyat yo’lida g’ov bo’layotgan masalalar ko’p. Jumladan, vodorodli mashina yonilg'i bilan bir to'ldirilganda, uning qancha masogaga yura olishi.

"Mu'ammoning eng kattasi vodorodni katta miqdorda saqlay olmaysiz. Maqsad bir to’ldirganda, u bilan kamida 450 kilometrcha hayday olish. Ayni damda bu mashinalarning quvvati sizni 241 kelimetrga yetkazadi, xolos," deya baholaydi tadqiqotchi Samuelsen.

Boshqa bir muammo esa vodorod bilan yuradigan mashinaning motorida. U benzin bilan yuradigan mashinaning motorichalik yaxshi ishlamaydi.

Yana bir boshqa masala haydovchilarning talabi. Vodorodli mashinani ular qanchalik istasharkin?

Neal Harvey, Toyotaning vodorodli mashinalari ustida ishlaydi. Bu mashina xalqqa yoqadi, chunki uning ovozi juda past, deydi u. "Benzinli mashinadan uncha farqi yo’q; eng katta farq uning ovozi ancha pastligida."

Luci Mansdorf vodorodli mashinani sinab ko'rayotganlardan biri. U atrof-muhitni saqlash uchun ko'proq haq to’lashga tayyor.

Luci mashinani shunday baholaydi: "Juda zo'r bu. Ovozi kosmik davrni eslatadi."

Vodorodli mashina ishlab chiqarishni mo'ljallayotgan avtomobil kompaniyalari esa u kabi yosh xaridorlarni yangi turdagi mashina ularning barcha talablariga javob beradi, deb ishontirishlari kerak.

Vodorod bilan yuradigan mashinalarning hammabop bo’lishi uchun yetarli darajada siyosiy xohish va mablag’ zarur bo’ladi.

XS
SM
MD
LG