Kalifoniya uzumzorlarini kompyuter boshqaryapti - 2004-09-27


Bir qarashda Clos LaChance oddiy vinochilik xo'jaligiga o'hshaydi, lekin uzumlar va eman idishlar orasida ilg’or texnologiya ishlaydi.

Markaziylashgan, yuqori quvvatli kompyuter vino ishlab chiqarishni boshqaradi. Vinochilar esa esa har ikki soha ustalari, desa bo'ladi.

"Kompyuterni yaxshi bilish bugungi kunda vinochilikning ayrilmas qismi," deydi vinochi Stefen Hess.

AQSh vinochiligi markazi bo’lmish shimoliy Kaliforniyadagi Clos LaChance firmasi ishning har jabhasida informatsion texnologiyani qo’llaydi- uzum yetishtirish, asrash va vinoni idishga solishda.

Tabiiyki, vinochilik va yuqori texnoligiya yonma-yon ishlaydi. Vino darajasi maxsus programma orqali o’lchanadi. Vinochilar idishlardagi vino darajasini bir xil ushlab turishga qodirlar. "Daraja vinochi uchun eng muhim narsa. Eng muhim nazorat vositasi," deydi Hess.

U vinochilikda yana bir programma ishlatadi. Vosita vino tarkibini, unga qo'shiladigan moddalarni va bug' miqdorini kuzatadi. Shuningdek, vinoni hukumat ruxsat berganidek tayyorlanishini. Programma sinab ko’r, deya ba'zida tavsiyalar ham beradi, deydi Tess:

"Biz esa laboratoriyada xar xil aralashmalarni tatib ko'ramiz. Shu tariqa, eng mazalisi qaysi biri ekani ustida kelishamiz." Boshqa bir programma butun uzum bog'ini bir tugma orqali yuritishga imkon beradi. Yerning namligi va ob havoni aniqlovchi vositalar kompyuterga simsiz ravishda ma’lumot uzatib turadi. Vinochi sug’orish va o’g’itlashni har yerdan, har vaqtda turib nazorat qilaveradi.

"Avvallari suv nasoslarini to'rt so'atga ochib, keyin yopib, sug’orar edik. Bu vosita bilan esa tuproq namligini 14 foizdan pasaymasligini va 27 foizdan oshmasligini ta’minlash mumkin," deydi Bill Murfi, uzumzorlardan birining egasi.

Kalifnorniya vinochilariga ko’ra, bu kabi ilg'or texnologiyalar, vino sifatini albatta oshiradi.

"Bunday texnologiya iste’molchi foydasiga xizmat qiladi… Chunki, pirovardida, xaridor yaxshiroq vinoni arzonroq narxga olyapti," bildiradi Murfi.

(Silicon Valley Business (Silicon Vodiysidagi Bizneslar) ko'rsatuvidagi ma'lumotga asoslangan)

XS
SM
MD
LG