50 dollarlikning yangicha nusxasi chiqdi - 2004-10-04


Shu yilning 28 sentyabridan e'tiboran AQSh 50 dollarligining yangi nusxasi muomalaga chiqdi.

Uning qayta ishlangan bir tomonida qizil va ko’k rang yaqqol ko’zga tashlanadi. Amerika bayrog’ini, kumush va ko’k rang aralashmasidagi yulduzni ko’rasiz.

Notani o’girsangiz, avvalgidek, AQShning 18-prezidenti, fuqarolar urushida generallik qilgan Yulisis Grantning rasmi bor, uning orqasida esa Kapitoliyaning tasviri.

50 dollarlikni yangilashdan maqsad, AQSh pulini qalbakilashtirishni yanada qiyinlashtirish, deydi pul bosib chiqarish byurosi direktori Tomas Ferguson.

"Biz bu yangi nota bilan juda fahrlanamiz. U texnikadagi eng so’ngi yangiliklar mahsulidir. Bu pulni qalbakilanishdan asraydi, ayniqsa raqamli texnika orqali qalbakilanishidan. AQShning an’anaviy puli, ammo yangicha xavfsizlik belgisi va ko’rinishga ega," deya qayd etadi u.

O’tgan yildan beri AQShning ikki turdagi bank notasi yangilandi. Sal kam bir yil avval 20 dollarlikning ko’rinishi o’zgartirilgandi. Kelasi yil esa 10 dollarlik notaning yangisi chiqadi.

Yangi 50 dollarlik asta sekin eskilarini muomaladan chiqaradi, lekin bunga hali ancha vaqt bor, deyishadi mulozimlar. Xullas, AQShning yashil puli asta sekin yangi tusga kirib bormoqda.

XS
SM
MD
LG