Tibi oroli sohilidagi suvda to'rt tonnalik vodorod bomba bor - 2004-10-06


AQShning sharqiy sohilidagi Tibi oroli o’zining orombaxsh plyajlari bilan tanilgan. Undagi radiatsiya darajasining yuqori ekani haqida esa ko’p kishi bilmaydi.

Iste’fodagi leytenent mayor Derek Dyuk bu borada tashvishda. "Normal holdan 10 darajagacha yuqori. Uchuvchilarning aytishicha, ular uni aynan shu yerga tashlashgan."

"U" deb, mayor, to’rt tonnalik vodorod bomba haqida gapiryapti. 1958 yilda AQShning ikki jangavor samolyoti Tibi oroli ustida to’qnashib ketib, bomba shu yerga tushgan.

AQSh havo kuchlariga ko’ra, bomba xavfsizlantirilgan holda bo’lgan. Ammo, bu borada tekshiruv olib borgan mayor, bu bekor gap, deydi.

Yaqinda Pentagon orolga o’z tekshiruvchilarini jo’natdi.

Qaralsaki, 50 yilga yaqin davrdan beri suv tagida yotgan bombada uran va portlovchi moddalar bor. Agar portlab ketsa, dengizni va atrof-muhitni radiatsiya bosishi mumkin.

Sirni-ku fosh qilishdi, endi buyog’i nima bo’ladi? Hozirda bu atom merosidan qanday qutulish borasida muhokama ketyapti.

Bombaga qarshi chora ko’rilmasa, amerikaliklar Tibi orolidagi doimiy go’zallikdan ayrilishlari mumkin.

XS
SM
MD
LG