AQSh Federal Tekshiruv Byurosida tarjimonlar yetishmaydi - 2004-10-06


O’g’irlangan samolyotlar Nyu Yorkdagi ikki onsmono’par binoni yakson qilishidan sal oldin AQSh xavfsizlik boshqarmasi Al-Qoida a’zolarining o’zaro “vaqt ertaga yetadi” deb axborot almashayotganini tutgandi.

Ma’lumot arabchada edi. Afsuski, u hujumlardan bir necha kun keyin tarjima qilindi. O’shandan beri, ma’lumotlarni tarjima qilish masalasi eng yuqori o’rinlardan birini egallagan.

Ammo, AQSh adliya vazirligiga ko’ra, Federal Tekshiruv Byurosi (FBI) terrorizmga tegishli barcha ma’lumotlarni tarjima qila olish kuchiga ega emas.

Vazirlikning bildirishicha, chiniqqan tarjimonlarning yetishmashligi sabab, 120 ming soatdan ko’pga teng lentalar hali ham tarjima qilinmay yotibdi.

Buni oshkor etgan esa Ayova shtatidan saylangan senator Charlz Grasli. "Federal Tekshiruv Byurosi ichki terrorizmga qarshi asosiy kurashchi. Unga tayana olmasak, bu urushda boy beramiz," deydi u.

Federal Tekshiruv Byurosi direktori Robert Myuller, tarjima masalasiga eng ko’p e’tibor qaratilyapti, deydi.

Yangi ma’lumotda aytilishicha, razvedka boshqarmasiga shunchalik ko’p ma’lumot keladiki, joy yetishmasligi sabab, ularni tarjima qilmasdan, tekshirmasdan o’chirib tashlashadi.

AQSh Kongresi ayni paytda, 11 sentyabr voqealarini tekshirgan maxsus komissiyaning tavsiyalariga asoslangan holda, mamlakatning razvedka ma’lumotlarini to’plash tizimini kuchaytirish va samarador qilish ustida bosh qotiryapti.

XS
SM
MD
LG