Amerika bo'ylab, Kolumb Kuni nishonlandi - 2004-10-10


11 oktyabr Amerikada Xristofor Kolumb kuni. Bu kun federal bayram hisoblanib, xalq dam oladi.

Kolumb kunini odatda paradlar va cherkovlardagi maxsus marosimlar bilan nishonlashadi.

Kolumbning Amerika qit’asida qilgan ilk qadami, bu yerdagi sarguzashtlari haqida tomoshalar qo’yiladi.

XIV asr so'ngida Ispaniya Qiroli Fredinand va Qirolicha Izabella homiyligida italiyalik kashfiyotchi Xristofor Kolumb Osiyoga g’arbiy dengiz yo’li topish umidida safarga chiqadi.

Qirollik boshqa zaruriyatlar qatori, unga uch kema taqdim etadi: Nina, Pinta va Santa Mariya.

1492 yilning oktyabr oyida Kolumb, hozirgi Bagam orollariga yetib keladi. Lekin, uningcha, bu Osiyo edi.

Hududda koloniyalar tashkil etgach, Kolumb Yevropaga oltin, noyob tabiiy boyliklar va tub aholi vakillarini olib qaytadi.

Kolumb Amerikani X asrdan keyin kashf etgan ilk yevropalik sanaladi.

Bu paytgacha, vikinglar hozirgi Kanadaning ba'zi yerlarini, jumladan Nyufaundlendni, zabt etishgan edi.

Kolumbning Amerikaga yetgan kunini ayyom sifatida ko'rishga, uni nishonlashga qarshi kishilar ham bor. Ularga ko'ra, bu, qit'aning Yevropa mustamlakasiga aylanganini va tub aholining ekspluatatsiya qilinganini ulug'laydi.

XS
SM
MD
LG