Breaking News

Portland - AQShdagi eng yashil shahar  - 2004-10-15


AQShning shimoli-g’arbiy shtati Oregonning Portland shahridagi hukumat binolari ustida ko’kalamzorlik ishlari ketyapti.

Manzara kishiga osma bog’larni eslatadi. Portlandda esa ularni eko-tomlar deb atashadi.

Tuprog’ida xilma-xil o’simliklar qad ko’targan tom - yovvoyi gullar makoniga aylantirilgan.

Qizig’i shundaki, bu faqat chiroy va manzara uchun tashkil etilgan gulzor emas. Atrof-muhitni toza saqlashda ham xizmat qiladi.

Ko’kalamzor, tuproq va ildiz seryomg’ir paytlarda suvning 90 foizgacha qismi tomning o’zida qoladi.

Demak, iflos suv ko’chaga tushmaydi, ariq va daryolardagi suvga qo’shilmaydi. Tom yuzasidagi maxsus qoplama esa tuproqning o’z joyida saqlaydi, surilishiga yo’l qo’ymaydi.

Mayk O’Brayn Portlandda shu kabi atrof-muhitni muhofaaza qiluvchi binolar qurilishini tashviq qiladi.

Uning aytishicha, bu binoning eko-tomiga mahalliy tuproq solingan. Buning samarasi asta sekin bilinyapti:

"Buning guzalligi shuki,tuproq tarkibidagi moddalar yomg’ir suvini tozalaydi. Undagi ildizlar atrofida o'rganizmlar, zamburug’ va bakteriyalar bor. Ular, yomg'ir yoqqanda, undagi atrof muhitga zararli elementlarni ajratib oladi."

Eko-tomlar binoning ichini salqin saqlaydi. Bu, qarabsizki, elektr haqini pasaytiradi. Portland hokimiyati bu tomlarni qurishda yordam beradi.

Hozirda Portland shahri bo’ylab 15 ming gektar maydonni egallagan yashil parklar, bog’lar bor.

Jumladan, Forest Istirohat bog’i AQSh shaharlari ichida joylashgan parklarning eng kattasi sanaladi.

Portlanddagi osnmon’opar binolardan qarasangiz, ikki ming gektar maydondagi bu yam-yashillik shaharliklar uchun bir jannat.

Shahar markazining gavjum qismida esa buning aksini ko'rasiz- dunyodagi ng kichik park. U Mill Ends Parki, deya nomlangan. Diametri 60 smga teng.

Amerika shaharlarida yashil joylar tobora kamayib borayotgan bir paytda, Portland ularni ko’paytirishga bel bog’lagan.

Masalan, shahar hokimiyati kutilmaganda, daryo bo’yidagi magistralni buzib, o’rniga keng ko’kalamzor tashkil etdi.

Hokimiyat, Metro degan yangi tashkilot tuzdi. Undagi saylangan mulozimlar shaharning yashil dunyosiga javobgar kishilar.

Brayn Nyumen ana shulardan biri. Uning bildirishicha, Portland shahar aholisi ko’payarkan, boshqaruv, yashillikni saqlab qolish maqsadida, yo’lkalar tashkil etish qarori bilan chiqdi.

"Mana bu yo’lka, shahar atrofida yashovchi kishilarni Portland markaziga yetkazadi. Kuniga minglab kishilar, ayniqsa ertalab va tushdan keyin, velosipedlariga minib, Portlanddagi ishxonalariga kelishadi," deydi u.

Amerikaning boshqa joylarida shaharlashtirish jarayoni qizg’in tusda ketayotgan paytda, Portland rivojlantirish masalasini yanada oydinlashtirdi. U, AQShdagi, shahar va qishloq qismi bir-biridan aniq ajratilgan yagona shahardir. "Shahar qismiga kirgan joylarda rivojlantirish ishlarini quvvatlaymiz. Biz bu hududda o’zgarishlar qilinishini osonlashtiramiz. Lekin, chegaraning narigi berida, agar qishloq ho’jaligi yoki o’rmonchilik maqsadida bo’lmasa, qurilishlar bo’lishi juda qiyin," deydi Nyumen.

Shahar chegarasidagi mana bu yovvoyi manzara bunga misol, desak bo’ladi. Aslida uning bir tomoni Portland shahrining bir qismi hisoblanadi.

Manavi gavjum ko’chaning bir tomonida bir necha gektarlik dalani ko’rasiz. Daryo bo’yi hordiq chiqarishga mos joy.

Portlandliklar, yashil shaharlari bilan fahrlanishadi. Ko’pchilik, hovli kichik bo’lsa-da, yashil bog’lar keng bo’lishini ma'qul ko'radi.

XS
SM
MD
LG