Prezident Bush musulmonlarni Ramazon oyi bilan qutladi - 2004-10-15


"Amerika Qo’shma Shtatlari va butun jahon musulmonlarini Ramazon, ya’ni ularning dinidagi eng muqaddas oy boshlangani bilan chin dildan qutlayman.

Ramazon oyida Muhammadga Qur’on nozil bo’lgan davr xotirlanadi. Mehr-muhabbat, adolat, rahm-shafqat va tinchlik-xotirjamlikni tashviq qiluvchi Qur’on asrlar davomida millionlab bandalarga yo’l ko’rsatgan.

Bugun ham mana shu ulug’ ayyomda, musulmonlar ro’za tutib, namoz o’qib va muhtojlarga yordam qo’lini cho’zib, Tangriga tobe ekanliklarini namoyish etishadi. Amerika tarixi bizni, barcha din vakillarining hissasini qadrlashga o’rgatgan. Chunki, biz hammamiz diniy erkinlik, oila muhabbati va Xudoga shukur qilish kabi qadriyatlarni birdek baham ko’ramiz.

Amerika musulmonlari jamiyatimizni yanada boyitishadi va uning farovonligi yo’lida xizmat qilishadi.

Men va rafiqam Laura sizlarga eng ezgu tilaklarimizni yo’llaymiz."

XS
SM
MD
LG