Breaking News

Nomzodlarga pul qaydan keladi? - 2004-10-27


Odatda, Amerika prezidentligi uchun nomzodini qo’ygan kishi, xususiy sektordan saylov kampaniyasi uchun qancha mablag’ to’plasa, federal hukumatdan ham o’sha miqdorga teng moliyaviy yordam oladi.

Prezident Jo'rj Bush ham, uning Demokrat raqibi Jon Kerri ham bu yilgi saylovda federal yordamni rad qilishdi.

Ikkala nomzod ham xalq puli bilan bog’liq qoidalarga rioya qilishni istamay, faqat xususiy sektordan kelgan pul evaziga kampaniya olib borishga ahd qilishdi.

Federal qonunga binoan nomzodning tarafdori unga ikki ming dollardan ko’p pul bera olmaydi.

Bu yil boshida, ko’pchilik tahlilchilar Prezident Bush va Respublikachilar Partiyasi Demokratlardan ko’proq yig’adi, deb taxmin qilishgandi.

Ammo, Senator Jon Kerri ichki saylovlarda ketma-ket g’alaba qozonib, ko’pchilikni ajablantirgan holda, Demokratik Partiyaning prezidentlikka nomzodi bo’ldi.

Jorjtaun (Georgetown) Universitetining siyosiy fanlar professori Stefen Hess, Kerri o’z g’alabasi bilan balki Respublikachilar ko’zlayotgan mablag’larni o’ziga og’dirdi, deydi.

"Demokratlarning yetakchi nomzodiga aylangachm Kerri katta miqdorda pul yig’a boshladi. Pirovardida, u Jorj Bushga qaraganda ko’proq mablag’ to’pladi. Bu yilgi saylov kampaniyasi uchun Demokratlar va Respublikachilar jami 600 million dollardan ziyod pul to’plashdi. Bu pul saylovdan oldin sarflanib bo’lishi kerak. Nomzodlarning har biri umumiy saylovlar uchun federal hukumatdan 75 million dollardan yordam olishga rozi bo’lishgan."

Saylov kampaniyasida mablag’ to’playotgan kishilar faqat nomzodlargina emas. Pulni ularni yoqtirgan tashkilotlar ham yigishmoqda.

Bu yilgi saylov kampaniyasiga o’zini mustaqil deb atovchi turli guruhlar ham o’z hissalarini qo’shishmoqda.

Federal qonuning 527 moddasidan foydalanib, ular yiqqan pullarini yoqtirmagan nomzodlarga qarshi sarflashyapti.

Virjiniya Universitetidagi Siyosat Markaz direktori, tahlilchi Larri Sabato buni shunday ta’riflaydi:

"527 moddadan qo’llanib, saylovga ta’sir qilish, saylov kampaniyalarini isloh qilish demakdir. Islohatchilar bizga, mustaqil manbadan kelgan pulning hammasini sarflaymiz, deyishgan. Har doimgidek, ular aldashdi, chunki Amerikadagi eng aqlli kishilar biror siyosiy partiya uchun xizmat qilishadi. Ular qonundan bir amallab foydalanish yo’lini topishgan. Bu safar ham shunday bo’ldi. O’zini mustaqil deb tanituvci tashkilotlar saylov uchun millionlarni sarflashmoqda. Ular Kerri yoki Bushga qarshi gapirishlari mumkin." Jon Kerriga qarshi televizion reklamalar chiqdi. Unda Demokrat nomzodning Vietnam urushidagi xizmati keskin tanqid qilindi.

Urush fahriylari, Kerri medallarini yolg’on gapirib, qo’lga kiritgan, deb chiqishdi.

Ko’pchilik sharhlovchilarga ko’ra, saylov kampaniyasi davrida oynai jahonda havola etilgan turli reklamalar orasida Senator Kerriga qarshi chiqqanlari ayniqda katta ta’sirga ega bo’ldi. Ular Kerriga nisbatan shubha uyg’otdi.

Bu reklamalar shu yilning avgust oyida, Respublikachilarning saylovoldi anjumanidan keyin, chiqdi. Natijada Prezident Bushning reytingi ancha ko’tarildi.

Kerri tomon reklamalarga darhol javob bermadi; sal o’tmay, yuqoridagi ayblovlarga javoban quyidagi reklamani chiqardi:

"Jo'n Kerrining urushdagi xizmatiga qarshi gapirayotganlar Bushning boy quvvatlovchilari tomonidan moliyalangan. Uni urushda ko’rgan odamga quloq tuting:'Dushman meni o’qqa oldi. O’lsam kerak, deb turgan paytimda, Kerri meni daryodan olib chiqdi. O’z hayotini xavfga qo’yib, meni qutqardi.'”

Jorj Vashington Universiteti professori Dennis Jonson, salbiy tusdagi reklamalar odatda ish beradi, deya fikrlaydi:

"Avgust oyida bu reklamalar havoga uzatilishni boshlagach, keyinroq Kerri tomon ham ularga reklama orqali javob bergach, ko’rdikki, Kerrining qanday boshliq’ bo’lishi, urushni eplay olishiga nisbatan xalqning ishonchi, reytingi, ancha pasaydi. Ko’pchilik, ayniqsa urush fahriylarda, Jon Kerri mamlakatga rahbarlik qilish uchun loyiq odammi, degan qarash paydo bo’ldi. Menimcha, mustaqil tashkilotlar chiqargan bu siyosiy reklamalarning qanday ta’sir ko’rsatganini ko’rsak kerak."

Kuzatuvchilarga ko’ra, shu yilning 2 noyabrigacha nomzodlar yiqqan pullarining uchdan ikki qismini televizion reklamalarga safrlashadi.

Bu reklamalar asosan, nomzodlarga ovoz berishni istagan odamlar soni o’rtasidagi farq eng kam hududlarga mo’ljallanadi va saylov kuniga qadar mahalliy televidenielarda ko’rsatib boriladi.

XS
SM
MD
LG