Amerika bo'ylab vaktsina inqirozi hukm surmoqda - 2004-10-27


Amerika bo’ylab turli shahar va qishloqlarda, odamlar bir necha soat navbatda turib ham, gripga qarshi emlana olmay, uylariga qaytib ketishyapti.

Mamlakatda havo sovushi bilan ko’payadigan kasallikka qarshi vaktsina yetishmaydi.

Shu oy boshida, AQShni vaktisina bilan ta’minlovchi Britaniya kompaniyasi 48 millon dozali vaktsina zahirasini, bakteria bosibdi, deya okean ortiga eksport qilmadi.

Boshqa bir kompaniya bor yo’g’i 55 million doza jo’natdi. Kamida 100 million doza zarur deb turgan Amerikada vaktsina inqirozi hukm surmoqda.

Mamlakatning dori sanoati ko’p vaktsina ishlab chiqarmaydi, chunki undan ko’p daromad kelmaydi va har qishda grip virusi o’zgarib, ortib qolgan vaktsina tashlab yuboriladi.

2001 yilda 7 million, 2002 yilda 10 million, o’tgan yili esa 12 million doza nobud qilindi.

Prezidentlikksa intilayotgan Senator Jo’n Kerri, o’z’ siyosiy reklmasida - Bush rahbariyatini, vaktsina masalasiga e’tiborni qaratmaganlikda, vaktsina yetishmay, xalqning gripga qarshi emlana olmayotgani hukumatning loqaydligi natijasidir, deya ayblamoqda.

Prezident Bush esa raqibi Kerri va boshqa Demokratlarni dori sanoatiga imkoniyatlar ochuvchi qonun loyihalarini quvvatlamaganlikda, dori ishlab chiqaruvchilarga qarshi chiqqanlikda ayblaydi.

"Vaktsina ishlab chiqaruvchilar, biror sabab bilan sudga tortilishdan qo’rqib, bu kabi zarur vaktsinalarni yaratishdan bosh tortishadi," deydi u.

Inqiroz shu qadar chuqurki, amerikaliklarning ko’pi emlanish uchun Kanadaga borib kelishmoqda. Vaktsinaga boy Ontario provintsiyasidagi bir klinika kanadalik bo’lmaganlarni ham emlashga bel bog’lagan.

XS
SM
MD
LG