Amerika musulmonlari - Kerri tomonda - 2004-11-02


AQSh musulmonlarining ko’pi 2000 yilgi saylovda Respublikachi Jo’rj Bushga ovoz berishgandi.

Ammo, Afg’oniston va Iroqdagi urushlar, hamda 2001 yilning 11 sentyabridan keyingi ichki siyosat, Amerika musulmonlarini amaldagi prezidentga qarshi qo’yganga o’hshaydi.

Zogbi Xalqaro Tadqiqotlar tashkiloti va Vashingtondagi Jo’rjtaun Universiteti o’tkazgan ommaviy so’rovlar natijasiga ko’ra, AQSh musulmonlarining 76 foizi endilikda Demokrat Senator Kerrini quvvatlashmoqda.

Imad Ad-Din Ahmad, Mariland shtatidagi Erkinlik minorasi degan Islomiy ilmiy institutga asos solgan olimlardan biri. Uning fikricha, Amerika musulmonlari Bush rahbariyatining terrorga qarshi olib borayotgan ba’zi bir siyosatlariga qarshilar.

"Fuqaro huquqlariga kelsak, bu mamlakatdagi minglab musulmonlar ismlari, ommaga, hatto oilasiga ham bilidirilmagan holda, qamoqqa olinganlarini aytish joiz. Iroqni bosim olish, terrorga qarshi urushni chetga surdi. Bularning barchasi Amerikadagi musulmonlarga bosim bo’ldi," deydi u.

Bush rahbariyati esa, terrorga qarshi siyosat AQSh musulmon jamoasiga qarshi olib borilmayapti, deydi.

Federal Tekshiruv Byorosi direktori Robert Myullerning aytishicha, musulmonlar, arab-amerikaliklar tekshiruvlarda tarjima borasida yordam berishdi.

"Biz, Amerikadagi ko’p musulmonlarining, 11 sentyabrdan keyin bergan yordamlaridan juda minnatdormiz," deydi u.

Prezident Bushni hali ham quvvatlab kelayotgan musulmonlar ham bor. Ular Senator Kerriga unchalik katta ishonch bildirishmaydi. Bu musulmonlar nazarida, Kerri juda liberal siyosatchi.

Iroqdan kelib, Amerikani vatan qilganlarning ko’pi ham Bush tomonda. Ular Saddam Husseinning olib tashlanganidan xursandlar.

Qo’shma Shtatlardagi musulmonlar orasidan ikki millionga yaqini saylov berish huquqiga ega. Ular etnik jihatdan xilma-xil, madaniy jihatdan ancha konservativ. Ular orasida Janubiy Osiyo, Yevrosiyodan kelganlar, hamda qora tanlilar ko’pchilikni tashkil etadi.

Zohid Buxoriy “Amerika Xalq Maydonidagi Musulmonlar” degan tashkilotni boshqaradi. Uning firkicha, ba’zi musulmonlarning ancha xavotirda yashayotganlariga qaramasdan, fursatdan foydalanib, ular bu jamiyatdagi o’rnilarini ko’rsatishga intilishmoqda.

"11 sentyabrdan keyin musulmonlar turli qiyinchiliklar bilan yuzlashishdi, ammo bu davr ularga matbuotga gapirish, maktablarga so’zlash, xalqaro kompaniyalar bilan aloqada bo’lishga uchun imkoniyat ham berdi. Matbuot, maktablar, cherkovlar, ingliz tilida gaplashadigan musulmonlarga murojaat qilib, ularga quloq tutishdi," deydi u.

Bu yilgi saylovlar, musulmonlarni siyosatga kirishga chorladi, deya qo'shadi Zohid Buxoriy:

"Boshqa tomondan esa, ko’p musulmonlar kuzatuv ostiga tushdilar, kamsitildilar… Lekin, musulmonlardan, siyosiy jarayonlarga qatnashasizmi, deb so’rashganda, ularning 90 foizi, ha, deb javob qildi."

AQShdagi musulmonlar tashkilotlari saylovchilarni ro’yxatga olishda, nomzodlar bilan uchrashtirishda o’z hissalarini qo’shishdi. Bugun musulmon saylovchilarning ko’pchiligi ovoz beradi, deb kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG