Breaking News

Saylov - saylovchilar nazarida  - 2004-11-04


Amerikaliklar bu saylovga o’zgacha ruhda ruhda va shu paytgacha kuzatilgan eng ko’p sonda kelishdi. Poytaxt Vashington hamisha Demokratlarga ovoz bergan, bu safar ham shunday bo’ldi.

“Urush eng asosiy masala. Bolam hozir Iroqda. Shu sabab, urush eng muhim mavzu," deydi saylovchilardan biri.

"Urush asosiy masala, shuningdek, Bushning ahloqi. U xalqni ko’p tomonlama aldadi va aybini bo’yniga olgani yo’q. Gap bu yerda vijdon haqida ketyapti," deydi boshqa bir saylovchi.

Odatda Demokratlarni quvvatlab kelgan Mariland shtatining Haytstaun shaharchasi esa ko’pchilik Respublikachilar uchun ovoz berdi. Ular orasidagi mana bu Kerri tarafdori uchun ham Iroqdagi urush eng muhim masala:

"Hozir Iroqda bo’lishimiz kerak deb o’ylamayman, o’g’illarimizni omon holda uyga qaytsinlar," deydi yana bir saylovchi.

Boshqasi esa yuqoridagi fikrga qarshi chiqib, Bushni himoya qiladi: "Bu mudofaa va terrorizmga qarshu urushdir."

Ba’zi saylovchilarning fikricha, xalq uchun milliy xavfsizlik masalasi hamma narsadan yuqori turadi.

“Mamlakat xavfsizligi juda muhim, shuningdek, bizning fuqarolik huquqlarimizni ham avaylash lozim," deydi biz bilan gaplashgan saylovchilardan biri.

“Men, ichki xavfsizlik deb, konstitutsion huquqlarimizdan mahrum bo’layotganimdan tashvishdaman. Bizni qo’rqitishsa, erkinligimizni bor beramiz-da. Bu terrorizmga boy berish emasmi?" deya qo'shadi boshqasi.

Ba’zi saylovchilar esa Amerikaning xalqaro obro’sidan ham xavotirdalar:

"Meni Amerikaning jahon hamjamiyati orasidagi kelajagi tashvishga soladi. Biz kerak bo’lganda, boshqa xalqlar bilan hamkorlik qila olamizmi?"

"Menga dunyoningAmerikaga nisbatan hozirda qanday qarayotgani yoqmaydi. Amerika buyuk tarix va hurmatga eg Buni avaylash kerak."

Ba’zi saylovchilar nazarida saylovmas, mamlakat taqdiri qil ustida turibdi. Barbara Kuik Prezident Bushning konservativ siysoatini ma’ullaydi. Kim yutishidan qat’iy nazar, AQShda birlik bo’lsin, deydi u.

"Bu saylovdan keyin biz yana birlashamiz. Umid qilamanki, bu saylov bizga oldimizda turgan eng muhim muammolarni eslatdi hamda bizga amerikalik sifatida yanada faxrlanishni o’rgatdi," deydi saylovchilardan biri.

XS
SM
MD
LG