Breaking News

Saylovda xalqaro kuzatuvchilar qatnashishdi. - 2004-11-04


Ovoz berish jarayoni Amerikaning ko’p shtatlarida ancha erta boshlandi. AQShda saylov markazlari deb, odatda, mahalliy maktablar va idoralar tanlanadi.

Jo' Middleton va Aleksandr Polyantsev Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotidan kelgan saylov kuzatuvchilaridir. Ularni bu yerga AQSh Davlat Departamenti taklif qildi.

Mariland shtatining bu Besezda shaharchasi asosan Respublikachilarni quvvatlab keladimi, deya so’raydi Polyantsev.

Saylov xizmatchisiga ko’ra, har besh saylovchining biri Respublikachi. Bu degani shaharcha Demokratlarni yon bosadi.

Bu xalqaro kuzatuvchilarning AQSh prezident saylovlarini ilk bor yaqindan tomosha qilishayotganiga bir misol.

Hozirgacha, deydi Aleksandr Polyantsev, hamma, kuzatuvchilar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

“Saylov xizmatchilari juda do’stona munosabatda bo'lishdi," deydi Polyantsev.

Jo' Middletonga ko’ra, boy Demokratlar yashovchi Mariland shtatidagi saylovni kuzatish qiyin bo’lmadi. Ba’zi boshqa shtatlar kuzatuvchilarni kirgizishmadi.

"Boshqa shtatlar, qonun bunga yo’l qoy’maydi, deya bizni saylov markaziga kirgizishgani yo’q. Bilishimcha, Florida, Ohayo va Pensilvaniya shunday shtatlar ekan," deydi Middleton.

Shunga qaramay, ular bu yerda ko’rganlaridan qanoatlanishmoqda. Fuqarolar navbatda turib, sabr-toqat bilan asta ovoz berish xonasiga yaqinlashar ekanlar, har ikki yirik partiyaga qarashli saylov xizmatchilari ularga yo’l ko’rsatishdi. Elektron ovoz berish mashinalari ham yaxshi ishladi.

Ammo, "... bu mashina orqali ovoz bergandan keyin uni tasdiqlovchi qandaydir bir qog’oz berilishi kerak, ” deydi saylovchilardan biri.

Xalqaro kuzatuvchilar mahalliy saylovchilarning uylarida tunashdi, mehmon bo’lishdi. Saylovchilar ular haqda quyidagi fikrlarni bildirishdi:

"Xalqaro kuzatuvchilar betaraf bo’lishsa, demak hech qanday muammo yo’q. Ular o’z vazifalarini baarishyapti. Menimcha, ular amerikaliklarga qaraganda ancha neytral."

"Saylov iloji boricha ochiq ravishda o’tishi kerak. Menimcha, bu demokratiyani butun holda saqlashning yagona yo’li."

"Xalqaro kuzatuvchilardan sal uyaladi odam, ammo ulardan xursandmiz."

Xalqaro kuzatuvchilarga, saylovlar muammoli holda o’tadigan shtatlarda ruxsat berildi, xolos. Ammo, mehmonlar Amerikaga aynan bu mamlakatdagi saylovning murakkab tomonlarini o'rganish uchun kelishganini aytishadi.

XS
SM
MD
LG