Breaking News

Putin: "Bush kuchli siyosatchi..." - 2004-11-04


Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Italiya bosh vaziri Silvio Berlusconi Moskvada uchrasharkanlar, har ikki rahbar Prezident Bushning ikkinchi muddatga saylangani AQShni yanada mustahkamlaydi, deyishgan.

Putin, Bushning g’alabasi Amerika xalqining xalqaro terrorizm oldida qo’rqmasligini anglatadi, dedi:

"Prezident Bush kuchli siyosatdon, u dadil va ga’mho’r rahbar. Unga tayansa bo’ladi. U juda hushyor hamkor."

Italiya bosh vazirining fikricha, Bushning g’alabasi Amerikani dunyo bo’ylab erkinlik urug’ini sochishdagi rolini kuchaytiradi.

Isroil rahbariyati ham Bushning qayta saylanganidan xursand ekanini aytib, bu terrorizm ustidan qilingan g’alabadir, deb bildirgan.

Parijda davolanayotgan Falastin rahbari Yossir Arafatning so’zlovchisi, Bush endi Yaqin Sharqqa nisbatan siyosatini o’zgartirar, degan umid borligini aytgan.

Frantsiya va Germaniya AQSh prezident saylovini yaqindan kuzatar ekan, har ikki davlat Amerika bilan Iroq va Yaqin Sharq masalasida birga ishlash uchun qiziqish bildirdi.

Frantsiya tashqi ishlar vaziri AQSh va Frantsiya o’rtasidagi aloqalarning yangi bobini ochishga tayyor ekanini aytgan.

XS
SM
MD
LG