Breaking News

AQShda urush faxriylari yodga olindi. - 2004-11-10


Faxriylari kuni AQShda 1918 yildan, birinchi jahon urushi tugagan kundan beri, nishonlanib kelinadi.

Amerikaning o’sha paytdagi prezidenti Vudrov Uilson 11 oyning 11 kuni federal bayram qilinsin, deb buyruq bergandi.

1954 yil esa ikkinchi jahon urushida qatnashgan fahriylardan biri, AQShning o’sha davrdagi Prezidenti Dvayt Ayzenhaver odatda otashkesin kuni deb eslanadigan bu bayramni Amerikaning barcha faxriylarini xotirlash kuni deb, e’lon qildi.

Bu kun AQSh prezidenti Vashington yaqinidagi Arlington umummamlakat qabristonidagi noma’lum askar qabriga gul qo’yadi. Qabristondan minglab askarlar abadiy makon topganlar. Iroqdagi mojaro - bu yilgi fahriylar bayramidagi asosiy mavzu. Urushdagi mingdan ortiq amerikalikning yostig’i quridi.

Arkanzas shtatidagi Bella Vistan shaharchasida o’tgan hafta fahriylar xotirasi uchun yangi yodgorlik majmuasi ochildi. AQSh armiyasida xizmat qilib, job bergan askarlarning ismi tosh devorda bitildi.

Ostin Filips, shu yilning mayida Bog’doddagi xizmat paytida yuz bergan portlashda yaralangan edi.

"Yodgorlik meni hayajonga soldi. Vatan uchun jon fido qilishga tayyor ekanimni angladim," deydi u.

Bu yilgi bayram ham paradlardan holi emas. Shuningdek, mamlakat bo’ylab, noma’lum askarlarning qabrlari qarshisida xotira marosimlari o’tkazildi.

XS
SM
MD
LG