Amerikaliklar Shukrona Kunini nishonlashdi.  - 2004-11-24


Ko’pchilik amerikaliklar uchun Shukrona Kuni oilaviy yig’ilish va kurkali taom demakdir.

Shuningdek, ayyom paradlarsiz o’tmaydi, qorda ham, izg’irinda ham. Amerika futbo’lini aytmaysizmi?

AQShning Afg’oniston va Iroqdagi askarlari, an'anaviy dasturxon atrofida o'tirib, Shukrona kunini nishonlashdi.

Ayyom ota-onalar, aka-singil, opa-ukalarni birdamlikka chorlaydi.

Ba’zilar bayramda qadim zamonlardan darak beruvchi kiyim-boshlar kiyib olishadi.

Amerikaliklarning Shukrona Kuniga ingliz mustamlakachilari 1621 yilda asos solishgan. Mahalliy hindu qabilalar bilan tinchlikka erishib, shu zamindan hosil ola boshlagan kelgindilar yangi vatan va to’kin dasturxon uchun xudoga shukr qilamiz, deya yangi an’ana boshlashgan.

"Men bolalarimizning oila va an’ana nimaligini, dunyoda turli madaniyatlar borligini bilishlarini istayman. Tinchlikda yashash uchun biz o’zga madaniyatlar haqida o’rganishimiz kerak," deydi o'qituvchi Ellen Kyuri.

Amerikaliklar uchun bu ayyom mehr-muravvat kunidir. Shukrona kuni boshpanasiz va kamba’gal kishilarning boshini silashadi.

Noyabr oyining so’ngi payshanbasida o’tadigan bu bayramni nishonlash hammaga ham nasib etavermaydi.

"Yaqinda bizning mamlakatimizda olti yildan beri yashab kelayotgan bir ona bilan tanishdim. U Shukrona kunini shu paytgacha hech bayram qilmagan ekan. Maktabimizdagi tantanaga, dasturxonimixga taklif qildim. Qizi bilan kelib, juda xursand bo’ldi," deydi Kyuri xonim.

Umummamlakat bayrami – Shukrona Kunida jamoatchilik va oila qadrlanadi. To’s-to’kinlik uchun shukr qilinadi.

XS
SM
MD
LG