Yosh doktorantning Amerikadagi taasurotlari  - 2004-12-01


Janubiy afrikalik, 29 yoshli, Dilan Kreg, o’tgan sentyabr oyida, Vashingtondagi Amerika Universitetida, xalqaro aloqalar bo’yicha doktorlik ishini boshladi.

"Uzoq o’ylanib, AQSh, Kanada, yoki Britanyada o’qishga qaror qildim. Ko’p joylarga hujjat topshirdim. Qabul qilinganim haqida xatlar kelganida, Amerika Universiteti ma’qul tushdi," deydi u.

Amerika Universiteti unga moliyaviy yordam va stipendiya berishga ko’ndi. Buning evaziga esa Dilan o’z sohasi yuzasidan bir professorga assistentlik qiladi.

"Uncha mashhur bo’lmagan universitetlar bundan-da yaxshiroq takliflar qilishdi, boshqa mashhur universitetlar ham imkoniyatlar borligini bildirishdi, ammo moliyaviy jihatdan yordami kamroq edi," hikoya qiladi talaba.

AQSh oliygohiga qabul qilingan chet ellik talaba mamlakatidagi Amerika elchixonasi yoki vakolatxonasida suhbatdan o’tadi. Dilanning suhbati, uningcha, qisqa, ammo samarali bo'lgan ekan:

"Elchixonada mendan doktorlik ishimni nima mavzuda qilmoqchi ekanimni so’rashdi. Bu haqda soatlab vaysashim mumkin. Diplomat menga qarab, “sen boradigan oliygoh muhiti juda choroyli, ayniqsa kuzda,” dedi-da muhr qo’yib berdi. Ish bir pasda bitdi."

Doktorantlar, kunlarini boshqa yosh tadqiqotchilar singari, kitob o’qib, izlanib o’tkazishadi.

"Ilmiy jihatdan, hayotimda shu paytgacha hozirgidek qattiq ter to’kmagan edim. Bu yerdagi muhit haqida gapirsam, tasavvurga sig’maydigan holatlarni ko’ryapman...," deydi Dilan.

Masalan, Amerikadagi oziq-ovqat do’koni. Dilan mahsulotlarni kredit kartochkasi orqali, o’zi, elektron tasvirdan o’tkazgan holda sotib oladi. Bunda sotuvchiga hojat yoq.

"Do’kondan narsalarni hech kimning yordamisiz sotib olaverasiz. Bu meni juda hayratlantiradi. Men kuni bo’yi bozor qilishim mumkin… Bu yerdagi turmushning shu kabi jihatlari sizni ajablantiradi; o’zga dunyoda ekaningizni bilasiz."

AQSh oliygohlarida Dilan Kreyg kabi yuz minglab chet ellik talabalarni uchratasiz. Ularning ko’pi, o’z cho’ntaklaridan emas, AQSh hukumati yoki xususiy manbalar ko’magida bilim olishmoqda.

XS
SM
MD
LG