Breaking News

Video o'yinlar qonxo'rlikni targ'ib qilayotganlikda ayblanmoqda


“Xalo 2” degan yangi video o’yin hozirda Amerikada eng ko’p sotilayotgan o’yinlardan biri. Bozorga chiqqan kuniyoq uning ikki yarim millionga yaqin nusxasi sotilib, 125 million dollarlik foyda ko'rildi.

Insonlar va o’zga sayyoraliklar o’rtasidagi urushni tasvirlovchi o’yin AQSh Matbuot va oila instituti tomonidan qattiq tanqid qilinmoqda.

Institut xodimlarining fikricha, bu zo’ravonlik va behayolikni eng yuqori darajada targ’ib qiluvchi o’yindir.

Shu kabi yana bir o’yinlardan biri – “Grand Theft Auto,” ya’ni mashina o’girlash o’yinidir. Unda o’yinchilar zo’ravon avtomobil o’grilari roliga kirib, politsiyachilarni o’ldirishadi.

Zo’ravonlikka qarshi tashkilotlarning aytishicha, ishlab chiqaruvchilar bolalarnig qiziquvchan va yosh ekanlaridan foydalanishmoqda.

"Mahsulotning kimga mo’ljallangani etik talabga javob bermaydi," deya bildiradi Matbuot va Oila Instituti.

"Halo 2" ham, mashina o’girlash o’yini ham “M,” ya’ni voyaga yetganlar uchun deb baholangan. Bu degani, hali 17 ga to’lmaganlar o’yinlarni sotib ololmaydi.

AQSh Matbuot va oila instituti 12 shtatda yashirin so’rovlar otkazdi. O’yinlarni kimga sotilayotganini bilish maqsadida, bolalar yordamida qilingan mahsus tekshiruv shuni ko’rsatdiki, oyin, ko'p hollarda bolalarga bemalol sotilayotgan ekan.

Lekin video o’yinlarni yaratuvchilar tanqiddan norozi. Ularning ta'kidlashicha, o’yinlarning 12 foizigina yosh bolalar uchun to’gri kelmaydi va o’yinchilarning aksariyati 20-30 yoshlar orasidagi kishilardir.

Ko’ngilochar programmalar birlashmasi xodimi Duglas Lovenshtayn shunday deydi:

"Video o’yinlar sanoati qonxo’rlikni targib qilish evaziga kengaymayapti. Biz turli yosh va diddagi odamlarga mahsulot chiqaramiz.”

O’yinni bolasiga to’gri kelishi yoki kelmasligini bilishni istagan ota-onalar kasseta qutisiga yozilgan ma’lumotlarni yaxshilab ko’zdan kechirishi tavsiya qilinadi. Odatda, u yerda o’yinning reitingi yozilgan.

XS
SM
MD
LG