Futbo'l Amerika professional sportida o'z o'rnini topmoqda


Brayn Karol, Vashingtonning DC United futbo'l klubida o'ynaydi. Professional o'yinchining fikricha, futbo'l klublari AQSh yoshlarini bu sport turiga qiziqtirishda muhim ro'l o’ynab kelmoqda:

"Yaxshi trenerlar ko'p. Shuningdek, raqobatli muhit ham o'smirlarning futbo'l o'yinchilariga aylanishi uchun yo'l ochdi."

Amerika, so'ngi yillarda, futbo'l bo'yicha jahon chempionatida ancha zafar qozondi. 2002 yilda chorak finalga chiqishga muvaffaq bo'ldi.

Odatda, Amerika sporti hisoblanmagan futbo'l, o'tgan o'n yillikda, bu mamlakat yoshlari orasida ommabop o'yinlardan biriga aylandi.

AQShda muhojirlar sonining ortishi, jamiyatning yanada rang-baranglashishi ham futbo'lni tanitdi, deyishadi amerikaliklar.

Trener Garri Opuku aslida gaanalik. Bir paytlar Brayn Karolga ustozlik qilgan:

"U qo'limga besh yoshida kelgandi. Unga o'n yil trenerlik qildim. Tirishqoq bola. Shu maydonda o'ynay boshlagan."

Freddi Adu, gaanalik muhojir, Amerika professional futbo'lidagi eng yosh o’yinchi. Endigine 15 ga kirdi. Freddi - Amerika o'smirlarining yetib bo'lmas yulduzi, deya tilga olinadi. DC United ni shu bola tanitdi.

Yoshlarni futbo'lga qiziqtirish maqsadida, qator no-hukumat tashkilotlar, kambag'allikdan qiynalayotgan bolalarning futbo'l o'ynashni o'rganishiga homiylik qiladi. Jumladan, DC Scores tashkiloti 630 o'quvchini moliyaviy jihatdan quvvatlab kelyapti.

"Ular faqat futbo'l o'ynabgina qolmay, haftada besh kun ijodiy yozishni o'rganishadi," deydi muassasa rahbari Ho'lli O’Donnell.

Futbo'l Amerika sport maydonida o'z o’rnini toparkan, endilikda yevropalik o'yinchilar ham bu yerdagi professional guruhlar bilan bellashishni boshlagan.

XS
SM
MD
LG