Breaking News

<i>Arimedex</i> - ko'krak rakiga qarshi eng samarali dori deb topildi


Ko'krak raki bemorlari uchun mo'ljallangan yangi dori - Arimideks (Arimedex) shu paytgacha mavjud bo'lgan barcha vositalar ichida eng samaralisi, deya ta'riflanmoqda.

Ko'krak rakining ilk bosqichini boshdan kechirayotgan ayollarda sinab ko'rilgan Arimideks kutilmagan darajada ijobiy natija berdi. Dorini besh yil davomida ichib kelayotgan bemorlarda rak qayta qo'zg'amagan.

Rakning bu turiga qarshi tavsiya etiladigan Tamoksifen ( Tamoxifen) dorisini ichgan ayollarning ba'zilarida rakning boshqa organlarga ham tarqalishi kuzatilgan edi.

"Bu doridan bag'oyat xursandman. Endilikda o’zimni yaxshi sezyapman," deydi bemor Pamela Hek.

Arimideks dorisini, odatda anastrozo'l deb ham atashadi. U estrogen hosil bo'lishining oldini oladi. Estrogen bez paydo bo'lishida muhim rol o'ynovchi moddadir.

Ko'krak raki ko'pincha o’rta yoshdagi ayollarda uchraydi. So'ngi ilmiy teksiruvlarga Arimideks dorini ishlab chiqaruvchi Asrta-Zeneca kompaniyasi homiylik qildi. Tadqiqotda 20 mamlakatdan tanlangan yetti mingdan ziyod bemor ishtirok etdi.

AQShdagi amaliy tajribalarga rahbarlik qilgan Aman Buzdar dori haqida shunday deydi:

"Anastozo'l ichgan bemorlarning ko'pchiligida rak qayta qo'zg'amadi. Umuman olganda, dorining salbiy ta'siri kam bo'ldi."

O'tgan 30 yildan beri, Tamoksifen dorisi ko’krak raki bemorlari uchun eng ko'p tavsiya etiladigan vosita hisoblanib kelayotgan edi. Ammo, Arimideksning yangi bezlarning paydo bo'lishini oldini olishda, Tamoksifendan 26 foiz ko'proq hollarda ish berishi aniqlandi.

"Ilmiy tekshiruvimiz, biz kutgandan ham, samaraliroq natija berdi. Biz anastrozo'l Tamoksifen darajasidagi dori bo'lsa kerak, deb o'ylagandik. Ammo, tajriba shuni ko'rsatdiki, bu vosita bezlarga qarshi kurashishda kuchliroq ekan. Buning ustiga, uning yordamidagi muolajaa bemorni kamroq qiynaydi," deydi Britaniyadagi Rak bo'yicha Ilmiy Izlanishlar Instituti tadqiqotchisi Jek Kuzik.

"Arimideksning, boshqa dorilarga qaraganda, yana bir ma'qul tomoni bor," deya izohlaydi, bu boradagi ilmiy izlanishlar bilan yaqindan tanishgan britaniyalik professor Jeffri Tobias:

"Biz bu dorining, rakni, insonning boshqa organlarida qayta qo'zg'amasligi uchun kurasha olish kuchiga egaligini aniqladik. Bu, shu sohadagi ilk topilma. Odatda, rak boshqa organlarda qayta shakllansa, bemor ko'p hollarda, kasallikka bardosh bera olmaydi. Arimideks ana shu hol xavfini kamaytira oladi."

Olimlar va shifokorlar, yangi dori o'rta yoshdagi ayollarda uchraydigan rak turlari xavfini 80 foizgacha kamaytiradi, deya qanchalik ta'kidlashmasin, ko’pchilik ayollar hali ham, Tamoksifenni ma'qul ko'rishmoqda.

Chunki, deyishadi tibbiyot sohasi egalari, yangi doriga o'rganish uchun biroz vaqt kerak.

XS
SM
MD
LG