Breaking News

Amerika Rojdetsvo na'shasini surmoqda; yangi yilga tayyorlanmoqda. - 2004-12-24


Amerikaning yangi yil arafasidagi manzarasi quyidagicha: Do’konlar oilasi, do'stu-birodarlari, hamda hamkasblari uchun sovg’a qidirib kelgan xaridorlarga to'la. Do'kondorlar esa tushayotgan daromaddan xursand. Hamma bozor qilish bilan ovora.

Shu kunlarda AQSh bo'ylab, shodlik hukm surmoqda. Rojdetstvo ko'pchiligi nasroniylardan iborat bu xalq uchun chuqur ma'noga ega.

Tayler ismli bolaning otasi Rodni Bisli Iroqda xizmat qilyapti. Lekin, yangi yil oldidan, Qor Bobo timsolida, o'g'lining maktabiga tashrif buyurib, barchani hayratga soldi. Serjant Bisli shu ikki hafta ichida Iroqqa qaytishi kerak.

AQSh armiyasi qoshidagi maxsus hayriya tashkiloti har yili Rojdetsvo arafasida nochor oilalarning bolalariga o’yinchoq yig'adi. Ko’ngilli xizmatchilar, mamlakatning millionlab bolalarini, aynan ular uchun ochilgan do'konlarga olib borishadi. Bolalar u yerdan istagan o'yinchoq va kiyim kechaklarni olishlari mumkin.

Qo'shma Shtatlar bo'ylab, chiroqlar bayrami boshlangan. Qayerga bormang, yangi yil bezagini ko’rasiz. Texasdagi bir mahalladagi barcha uylar minglab chiroqlar bilan o’raldi. Har bir xonadondagi bezak biror ma'noni anglatadi. Odamlar o'zlarining siyosiy va dolzarb masalalarga nisbatan fikrlarini shu tarzda bildirishyapti.

"Bu hol ko'pchilikni ajablantiradi. Bunaqasini hech ko'rmaganman, deyishadi. Gap - ana shunda. Demak, ishimiz zoye ketmabdi," deydi mahalla a'zolaridan biri.

Yangi yil ayyomi arafasida, poytaxt Vashingtonning markaziy hiyobonida an'anaviy archa qad ko'tardi. Uni bezatish va yoritish ishlarini esa odatda, Prezident yoki uning rafiqasi boshlab beradi.

Bu yil dindor amerikaliklar yangicha shamlar taklif taklif qilinmoqda. Ularning minglab donasini sotib ulgurgan tadbirkor Kim Fo'ls, "bu sham Iso Masihning atrini taratadi," deydi. Uning aytishicha, shamning hidi kishiga orom bag'ishlaydi. Nasroniy er-xotin tomonidan ishlab chiqarilayotgan bu mahsulot, deydi Fo'ls, Bibliyadagi hikoyalarga asoslanib yaratilgan.

XS
SM
MD
LG