Dunyodagi eng jajji chaqaloq - 2004-12-27


Chikagodagi tug'ruqxonada tug'ilgan Rumaisa ismli go'dakning bo'yi 23 santimentrcha, og'irligi esa 30 gram ham chiqmaydi.

Unga doyalik qilgan Jonatan Muraskas esa, "Omadim bor ekan. Bu bir mo'jiza. Xudoning qudratini qarang," deydi.

Rumaisa va uning egizak singligi Hiba kesar', ya'ni qorinni yorish yo'li bilan dunyoga keldi. O'tgan sentyabr oyida hindistonlik ona, Mahajabin Shayx tuqqan bu bolalar sal o'tmasdan, qon bosimi bilan bog'liq xavfli kasallikka duchor bo'lishdi.

"Bolamning tirik qolishiga, to'g'risini aytsam, ishonmayotgan edim," deydi ona.

Neonatalogiya, ya'ni chaqaloqlar salomatligi sohasida qilingan yirik kashfiyotlar ancha qo'l keldi. Shifokorlar, jajji insonlarni o'ta zamonaviy inkubatorlar tirik saqladi, deyishadi. Shunday bo'lsa-da, hech kim hech qanday kafolat bera olmaydi.

"Bu yoshdagi insonlarda yurak, ichak va immunitet sistemasi juda nozik bo'ladi," deya ta'kidlaydi Bostondagi bolalar kasalxonasi shifokori Anna Hansen.

Shifokorlar, egizaklarning o'sish jarayonida ba'zi muammolar bo'lishi mumkin, ammo ular omon bo’ladi, deb umid bildirishmoqda.

Bu chaqaloqlar haqida gap ketganda, ko'pchilik ularni mo'jiza deb atamoqda. Ularning otasi Muhammad Abdul Rahmon esa quvonchini so'z bilan ifodalashga qiynaladi:

“Biz ularning yaxshi inson bo'lib yetishishini xohlaymiz; onasi, qizlarim shifokor bo'ladi, deyapti."

XS
SM
MD
LG