Breaking News

Garvardda mammorgammaning yangi turi kashf etildi.  - 2005-02-01


Ko'krak raki, jahon bo'ylab, eng ko'p tarqalgan va ayollar o'rtasida eng ko'p o'limga sabab bo'layotgan xavfli kasalliklardan biri. Uni o'z vaqtida aniqlash va unga qarshi choralar ko'rish maqsadida, shifokorlar, barcha xotin-qizlarga yiliga bir marta mammogrammadan o'tishni, ya'ni ko'krakni tibbiy tekshiruvdan o'tkazishni maslahat beradi.

Amaldagi mammogrammalar ko'krakdagi bezni ko'rsatadi, ammo jarayonni og'riqsiz deb bo'lmaydi.

Mammorgamma natijasi yozilgan qog'ozni o'qish ham oson emas. Izoh izlab, yana shifokor oldiga borishga majbursiz.

Ko'krak raki bo'yicha mutaxassislar mammogramma jarayonini sal bo'lsa-da yengillashtiradigan vositalar yaratilishi zarur, deya anchadan beri bong urib kelardi.

Nihoyat, AQShning Garvard Universitetida ko'krakni bezga qarshi tekshiruvchi, uch qirrali, raqamli texnologiya asosidagi moslama ixtiro qilindi.

"Bu yangicha mammogrammik asbob,"- deydi Garvard Tibbiyot Oliygohi professori Daniel Kopans.

Eski turdagi mammogrammik sistema ko'krakni bir vaqtning o'zida har tomonlama tekshira olmaydi. Yangi turi esa, ko'krakni 11 turli burchakdan tasvirga tushiradi. Suratlarni kompyuterda sinchiklab, turli qatlamlarda tahlil qilib chiqish mumkin.

"Bu asbobda olingan tasvirlar sizga bezning hajmini va uning ildizi va ta'sirini aniq ko'rsatib beradi,"- deydi Kopans. "Rakning har bir kichik bo'lagini ko'ra olasiz. Bu asbobda qilingan diagnoz, ya'ni tashhis kamdan-kam hollarda xato chiqishi mumkin."

Tomosintez deb ataluvchi bu uskuna sinovdan o'tmoqda. Hozircha uning amaldagi mammogrammaga qaraganda, 85 foiz hollarda aniqroq natija berayotgani ma'lum.

Olim Kopansning fikricha, yangi texnologiya ma'qullansa, u jahon bozorini kelasi ikki yil ichida zabt etishi mumkin.

XS
SM
MD
LG