Meksika ko'rfazi - sirli akvatik dunyo


AQShdagi eng katta suv yo'llaridan biri - Missisipi daryosi - Meksika ko'rfaziga yiliga 200 million tonnaga yaqin loy olib boradi.

Natijada, suv yanada loyqalanib, undagi hayot tobora zararlanib bormoqda. Lekin ko'rfaz hayotini chuqurroq tekshirgan dengiz olimlari, jumladan Silviya Irl, bu yerdagi suv osti manzarasi juda go'zal va boy deydi:

"Tinch okeani, Qarib dengizi yoki Bagama orollari bilan taqqoslaganda, unchalik boy emas, degan odam ko'rfaz suvidagi hayotning qanchalik faolligi haqida bilmaydi."

Silviya Irl hamrohligidagi biologlar guruhi Meksika ko'rfazi bo'ylab, sirli akvatik dunyo borligini aniqladi. Bu suvlarda rif, ya'ni cho'girtosh baliqlar va boshqa xilma-xil suv osti hayvonlari yashaydi. Dengiz olimlarining fikricha, ularning hayotida tuz uyumlarining hissasi kattadir.

Tuz uyumlari millionlab yillar mobaynida, dengizning ko'tarilib, pasaygani oqibatida vujudga kelgan. Har safar tuz qatlami yanada qalinlashgan. Yerning qimirlashi suv osti qoyalarini hosil qilgan. Tuz uyumlari endilikda suv yuzasiga yaqinlashib, turli mavjudotlarni o'ziga tortmoqda.

Silviya Irl va boshqa olimlari Meksika ko'rfazidagi hayvonot olamini va o'simliklarni o'rganishda davom etib, kashfiyotlarni qog'ozga tushirmoqda. Yangi xazinalarning ohiri yo'q, deyishadi suv osti biologlar.

XS
SM
MD
LG