Bu mavsumgi ob-havo haqida <i>marmot</i> xabar qiladi... - 2005-02-08


AQShning Pensilvaniya shtatida g'alati bir odat bor. Bu qishki an'ana mahalliy aholi tilida - “Sug'ur (Marmot) Kuni.”

An'ana, asosan, Panzsutovniy degan shahrchada nishonlanadi. Aytishlaricha, qadim zamonlarda bu hududda Panzsutovniy Fil degan ilohiy qudratga ega bir sug'ur yashab o'tgan ekan.

Mabodo bu jonivor fevral oyining ikkinchi kunida, yer tagidan chiqib, odamlarga o'z soyasini ko'rsatsa, demak bu, qishning qahri tugamaganidan, uning uzoqqa cho'zilishidan dalolat berardi. Agar sug'urning soyasi ko'rinmasa, bu bahorning yaqinlashayotganini bildirar edi.

Qanchalik qadimiy bo'lmasin, bu odat ham hozirga kelib, ancha zamonaviylashgan. Endilikda sug'urning yerdan chiqishini kutib o'tirishga sabr-toqat to'q. Jonivorni qayerdandir ushlashadi-da, uning yerdagi soyasiga qarashadi. Natijaga asoslanib, yoshi ulug' fuqaro "sug'urdan kelgan bashoratni" o'qiydi:

"Bu yilgi bahor erta yoki kech kelishini taxmin qiladigan vaqtim yetdi. Bugun oftobda o'tirib, orom oldim, lekin afsuski, o'z soyamni ko'rdim. Demak, kelasi olti hafta mobaynida qish fasli hukm suradi."

Ko'pchilik amerikaliklar nazarida, bu marosim an'ana emas, g'irt hangoma. Eng asosiysi, deydi ba'zilar, jamoa vakillarining bir joyga to'planib, eski odatni xotirlashi va marosimning sahnada namoyish etilishi.

Sug'ur yordamida bahorning qachon kelishini taxmin qilish 1886 yilda boshlangan. Shundan beri, sehrgar sug'ur ko'proq "qish uzoq davom etadi,"- deya bashorat qilib kelyapti.

Mahalliy aholi bu odat bilan naqadar faxlanmasin, sug'urning taxmini qanchalik to'g'ri yoki noto'g'ri chiqayotgani haqida ko'p gapirilmaydi.

XS
SM
MD
LG