Breaking News

AQSh qishloqlari yoshlarga tekin yer taklif qilyapti.  - 2005-02-09


AQShning markaziy shtatlaridagi bir necha shaharchalar hududda uy qurishni istaganlar uchun tekin yer beryapti.

Gap shundaki, Amerikadagi kichik shaharlar deyarli bo'shab qolgan. Aholi orasida yoshlarni topish qiyin. Yosh avlod oilaviy fermalarini katta shahardagi qimmat, ammo imkoniyatlarga boy muhitga almashmoqda.

Shaharchalar va qishloqlar, odamlarning hududdan ko'chib ketmasligi uchun ularga teik yer taklif qilyapti.

Mahalliy hokimiyatlar nazarida, shaharchalar yashash uchun qulay joylar. Odatda, bu hududlarda jinoyatchilik kam sodir bo'ladi; suv va o'rmonga boy bu mintaqalar ovchilik va baliqchilik uchun ayni muddado. Ammo, deyishadi maktabni bitirayotgan yoshlar, bu yerlarda ish topish qiyin. Kasbiy faoliyatni yuksaltirish uchun imkoniyatlar yetishmaydi.

Hozircha, tekin yer evaziga aholi sonini saqlab qolish loyihasi Amerikaning faqat bir shaharchasida ish berayotganga o'hshaydi.

USA Today gazetasida bosilishicha, Kanzas shtatining Market shaharchasi yangi dastur yordamida aholi sonini 100 kishiga oshirdi. Hozirda bu shaharchada jami 620 kishi istiqomat qiladi.

XS
SM
MD
LG