Guantanamodagi ayol tergovchilar mahbuslarga jinsiy zo'ravonlik qilgan - 2005-02-10


Kubaning Guantanamo ko'rfazidagi AQSh qamoqxonasida, ayol tergovchilarning ba'zilari musulmon mahbuslarga nisbatan jinsiy jihatdan tahqirlovchi taktikalar qo'llaganlikda ayblanmoqda, deya xabar beradi Washington Post gazetasi.

Unda bildirilishicha, AQSh mudofaa vazirligi ayblovlar yuzasidan tekshiruv boshlagan, ammo mahbuslardan olingan ma'lumotlar hali ommaga oshkor qilingani yo'q.

Mahbuslarning aytishicha, deyiladi gazetada, ayol tergovchilar erkaklarga tinimsiz jinsiy tajovuz qilgan va bu bilan ularning e'tiqodlarini buzishga uringan.

Ism-sharifini bildirmagan AQSh harbiysining tasdiqlashicha, tekshiruv ayblovlarning haqiqat ekanini ko'rsatmoqda. AQSh mudofaa vazirligi Guantanamodagi ayol tergovchilardan ikki nafariga hayfsan bergan.

Ma'lumki, mazkur qamoqxonada terroristlikda ayblangan 600 nafarga yaqin, ko'pchiligi musulmonlardan iborat, mahbuslar saqlanadi.

XS
SM
MD
LG