Hillari Klinton - "prezidentlikka arzigulik Demokrat" - 2005-02-10


AQSh bo'ylab o'tkazilgan ommaviy so'rovlar natijasiga ko'ra, sobiq Prezident Bill Klintonning rafiqasi va Senator Hillari Klinton 2008 yilgi prezident saylovi uchun ko'rsatilayotgan eng "ommabop" nomzod.

Gallup Tashkiloti o'tkazgan so'rovlarda qatnashgan Demokratlarning 40 foizi Nyu York shtatidan saylangan senator xonim uchun ovoz berishga tayyor ekanini bildirgan.

2004 yilgi saylovda Prezident Jorj Bushga boy bergan Massachyusets senatori Jon Kerri so'rovda ikkinchi o'rinni egalladi. Demokrat saylovchilarning 25 foizi uning nomzod bo'lishini quvvatlamoqda.

Ommaviy so'rovlarda Respublikachilar Partiyasidan ko'rsatilishi mumkin bo'lgan kishilar haqida ham so'ralgan. Respondentlarning 34 foizi Nyu Yorkning sobiq gubernatori Rudi Jiuliani, 29 foizi Arizona senatori Jon Makkeyn va 12 foizi esa Florida gubernatori va prezidentning ukasi Jeb Bushni ma'qullagan.

Prezidentlikka nomzodlarning shtatma-shtat, tegishli partiya a'zolari tomonidan tanlanishi uchun hali erta. Odatda, nomzodlik uchun ichki saylovlar prezident saylovidan bir yil oldin boshlanadi.

XS
SM
MD
LG