AQSh senatorlari Yushenko bilan uchrashish arafasida - 2005-02-11


AQSh senatorlar Hillari Klinton va Jon Makkeyn Kievda Ukrainaning yangi Prezidenti Viktor Yushenko bilan uchrashib, ikki davlat o'rtasidagi aloqalarini muhokama qiladi.

11-kishilik delegatsiya a'zolari, shuningdek, bosh vazir Yulia Timoshenko va Ukraina parlamenti spikeri Volodimir Litvin bilan ham muloqotda bo'ladi.

Ma'lumki, Senator Klinton va Makkeyn Yushenko, hamda Gurjiston Prezidenti Mixail Saakashvilini Nobel Tinchlik Mukofotiga ko'rsatgan. Norvegiyadagi Nobel Institutiga yo'llagan maktubida senatorlar, bu ikki shaxs Gurjiston va Ukrainadagi erkinlik harakatida tarixiy rol o'ynadi, deya maqtagan.

XS
SM
MD
LG