Breaking News

Bush Jon Negroponteni AQSh razvedkasi direktori lavozimiga ko'rsatdi.  - 2005-02-17


Prezident Bush AQShning Iroqdagi elchisi Jon Negroponteni mamlakatning birinchi razvedka direktori etib tayinlashni taklif qilmoqda.

Oq Uyda so'zlar ekan Bush, "Negroponte tajribali diplomat sifatida razvedka sohasidagi islohatlarni olg'a suradi,"- dedi.

Ma'lumki, mamlakat razvedkasi direktori lavozimi o'tgan yili Kongres tomonidan, 2001 yilgi terroristik hujumlar ustidan tekshiruv olib borgan mustaqil komissiya taklifiga asoslangan holda, joriy etilgan edi.

Yangi direktor AQShning 15 razvedka idorasi, jumladan, Amerikaning tashqi xavfsizlik xizmatini yurituvchi Markaziy Razvedka Boshqarmasi(CIA) ustidan nazorat qiladi.

Negropontening nomzodi Senat tomonidan ma'qullanishi lozim.

65 yoshli diplomat o'z faoliyati davomida Gonduras, Meksika va Filippin kabi davlatlarda AQSh elchisi bo'lib xizmat qilgan. Iroqqa tayinlanishidan oldin, u AQShning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi elchisi edi.

XS
SM
MD
LG