Breaking News

Amerika fuqarosi Bushni o'ldirishni rejalaganlikda ayblanmoqda. - 2005-02-22


AQSh hukumati Amerika fuqarosi bo'lmish 23 yoshli Ahmad Umar Abu Alini Prezident Jorj Bushga suiqasd qilishni mo'ljallaganlikda ayblab, sudga tortmoqda.

22 fevral kuni Virjiniya shtatidagi federal okrug sudida Abu Alining bo'yniga olti jinoiy punkt bo'yicha ayblovlar qo'yildi. Ayblanuvchi sud jarayonida qatnashdi, ammo ayblovlarni rad etdi.

Prokurorlarning aytishicha, Saudiya Arabistonida 20 oy hibsda saqlanib, kuni kecha AQShga keltirilgan mahbus Bushni o'ldirishni ikki bor rejalagan. Aybnomaga ko'ra, u ilk bor, safdoshlari bilan, prezident mashinasini portlatishni, ikkinchi marta esa Bushni ko'chada otishni muhokama qilgan. Ma'lumotda bildirilishicha, mazkur muzokalar Saudiya Arabistonida, 2002 va 2003 yillarda bo'lib o'tgan.

Abu Aliga qo'yilayotgan ayblovlardan yana biri Al Qoidaga moddiy yordam ko'rsatganlikdir.

Ayblanuvchining oilasi, AQSh mulozimlari Abu Aliga qarshi uydirma uyushtirgan, deya ta'kidlamoqda. Amerika hukumati buni rad etib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG