Bush: AQSh ham, Rossiya ham Eronning atom quroliga ega bo'lishini istamaydi.  - 2005-02-24


AQSh va Rossiya rahbarlari Slovakiya poytaxti Bratislavada uchrashib, yadroviy xavfsizlik borasida hamkorlikni mustahkamlashga va Rossiyaning Jahon Savdo Tashkiloti a'zoligiga kirishi yuzasidan muzokaralarni tezlashtirishga kelishdi.

Prezident Bush ham, Putin ham yadroviy materiallar muhofazasi va atom inshaotlariga doir ma'lumotlarni almashish xususida birgalikda ishlamoqchi ekanini qayd etdi.

Muzokaradan so'ng, xalqaro matbuot vakillarining savollariga javob berar ekan, Bush, "Men ham, Putin ham Eronning atom quroliga ega bo'lishiga birdek qarshimiz,"-dedi.

Sammitdan sal oldin, AQSh davlat kotibi Kondoliza Rays va Rossiya Mudofaa vaziri Sergei Ivanov yelkadan otiladigan og'ir qurollar kontrabandasiga qarshi kurashish haqida bitim imzoladi.

XS
SM
MD
LG