<i> Million dollarlik jonon</i> - Oskar g'olibi - 2005-02-28


Mag'rur bokschi ayol taqdiri haqidagi "Million dollarlik jonon" filmi AQSh kinoakademiyasi tomonidan yilning eng mukammal filmi; uni yaratgan Klint Istvud yilning eng yaxshi rejissyori; bosh roldagi Xilari Svonk yilning eng yaxshi aktrisasi, hamda ikkinchi darajadagi obrazni ijro etgan Morgan Friman bu yo'nalishdagi eng yaxshi aktyor deb topildi.

27 fevral kuni Gollivudning Kodak kinoteatrida bo'lib o'tgan Oskar taqdimot marosimida, shuningdek, Jeymi Foks afsonaviy bastakor va hofiz marhum Rey Charlz hayotiga asoslangan filmdagi Rey obrazi ijrosi uchun eng yaxshi aktyor sifatida oliy mukofotni qo'lga kiritdi.

Yilning eng yuqori baholangan filmlari qatorida "Aviator" ikkinchi o'rinni egalladi. U besh kategoriyasi bo'yicha Oskarga loyiq deb topildi. Keyt Blanshet mazkur filmdagi ikkinchi darajali roli uchun eng yaxshi aktrisa unvoniga sazovor bo'ldi.

XS
SM
MD
LG