Breaking News

Korruptsiyaga qarshi kurashish kimning ishi?


Korruptsiya va poraxo’rlik natijasida yiliga bir trillion dollarga teng pul o’zlashtirilyapti. Korruptsiya davlat xazinalarini quritmoqda va taraqqiyotni sekinlashtirmoqda.

Tadqiqotlarga ko’ra, korruptsiya va yosh bolalar o’limi suratining balandligi o’rtasida uzviy bog’liqlik bor. Demak, korruptsiyaga qarshi kurash dunyo bo’yicha muhim vazifaga aylandi.

Indoneziya prezidenti General Suxarto, Fillipin rahbari Ferdinand Markos va sobiq Zoir prezidenti Mobutu Sese Sekolar yaqin o’tmishning avjiga chiqqan poraxo’r rahbarlaridir.

Jahon bankining vakili Daniel Kaufman ularni “kleptokratlar”, ya’ni poraxo’rlikka ruhan chalingan odamlar, deb ataydi. Daniel, korruptsiyaning basharasi o’zgarmoqda deb, ta’kidlamoqda.

"Dunyoning ko’plab davlatlarida demokratiya tomon siljish natijasida davlat rahbarlari o’z sha’nini ehtiyot qiladigan bo’lishdi, biroq korruptsiya muammosi to’la-to’kisliligacha bartaraf etilgani yo’q," deydi Kaufman.

Masalan, Nigeriyada demokratik saylovlar natijasida hokimiyat tepasiga kelgan Olesegun Obasanjo va uning mahkamasi yulg’ichlik qattiq tomir otgan jamiyatda siyosiy to’siqlarga duch kelmoqda. Va bu baloga qarshi kurashning an’anaviy yo’llari ish bermayapti.

Daniel Kaufman deydiki: "Mamlakatda ulkan korrupciya muammosi bor deylik. Siz uni yo’qotish uchun korruptsiyaga qarshi yangi komissiya yoki agentlik tuzasiz, ko’plab mablag’ ajratasiz, biroq ohiratda uning samarasini ko’rmaysiz."

Jahon Bankining qonunni buzayotgan kompaniyalarga qarshi ishlab chiqqan yangi dasturining nomi “nomini aytgin-u, uyatga qo’y”.

"Biz o’tmishda qator xatoliklarga yo’l qo’yganimizni tan olamiz,"-deydi bank vakili. "Jahon Banki moliyalashtirgan ayrim lohiyalar noqonuniy o’zlashtirildi. Yondashuvimiz hozirda ancha jiddiylashgan."

Jahon banki anonim telefon raqamini ochgan. Unga tushgan shikoyatlar asosida, qonunni buzgan kompaniyalarning nomlari bankning Internet saytida e’lon qilinadi. Internet va yangi texnologiyalar ham davlatlarga ochiqlikni ta’minlashda qo’l kelmoqda.

"Chilida 80 foizga yaqin fuqaro o’z soliq deklaratsiyalarini Internet orqali topshiradilar. Bu dunyodagi eng yuqori ko’rsatkich,"-deya izohlaydi Kaufman.

Bu esa hukumatga rivojlanish uchun ishlatishi uchun ko’proq pul qolyapti degan gap. Biroq korrupciyaga qarshi kurashish faqatgina hukumatning ishi emas.

AQShning Common Cause, ya’ni “Umumiy maqsad yo’lida” deb nomlangan tashkilot vakili Meri Boyl jamiyatning har bir a’zosining davlat xizmatchilari ustidan nazorat qilib turishi tarafdori …

"Biz odamlarni o’zlarining mahalliy gazetalari bosh muharrirlariga xat yozishga, kompaniyalarga qo’ng’iroq qilishga undaymiz,"-deydi u. "Xullas biz hokimiyat tepasidagi mutassadilarga chiqish va ijtimoiy fikrga ta’sir ko’rsatish uchun kerakli bo’lgan turli xil narsalarni odamlardan so’rayapmiz."

Mutaxassislar fikricha, ana shunday tashkilotlar korruptsiyani jilovlashda muhim rol o’ynaydi. So’nggi statistik ma’lumotlarga ko’ra, qoloq mamlakatlarda korrupciyani nazorat etishga qaratilgan kichkina urinishlar ham, jon boshiga daromadning to’rt baravar ko’payishiga olib kelarkan.

Birgina shu raqamning o’zigina, Daniel Kaufmanning so’ziga qaraganda, odamlarni bardamroq harakat qilishiga chorlashi kerak.

"Mening shaxsiy fikrimcha, davlatlar bu masala bo’yicha sabrsizroq bo’lishilari zarur. Bizku sabrlimiz-a, biroq qoloq mamlakatlar va ularning fuqarolari globalizatsiya va adolatli boshqaruv jarayonlaridan qolib ketyaptilar. Ular uchun bu sabrsizlik erasi,"-deydi Kaufman.

Korrupsiyaga qarshi kurash nafaqat hukumatlarning yoki Jahon bankining ishi, balki adolatli dunyo qurish uchun har bir ishbilarmon, sud xodimi va har bir fuqaroning burchi bo’lishi kerak.

XS
SM
MD
LG