Amerikalik millioner samolyotida dunyoni to'htovsiz aylanib chiqdi.  - 2005-03-03


Sarguzashtga o'ch millioner Stiv Fosset samolyotda yer yuzini hech qanday to'htovsiz yoki qayta yonil'gi to'ldirmasdan aylanib chiqqan birinchi inson bo'ldi.

Janob Fosset o'zining GlobalFlyer samolyotida 28 fevral kuni AQShning Kanzas shtatidagi Salina shaharchasidan osmonga ko'tarilgan edi. 60-yoshli jahongashta uchuvchi 37 ming kilometrdan oshiq masofaga uchib, bugun uch-kunlik safarini yakunladi.

Sayohat muammosiz kechmadi. Fossetning yerdagi boshqaruv markazida o'tirgan guruhi samolyot yonilg'isining 1200 litri qandaydir sabab bilan g'oyib bo'lganidan xabar topdi. Ammo, safarni kuzatayotgan guruh, uzun qanotli samolyotda yetarlicha yonilg'i zahirasi bo'lishiga ishongan holda, safarni davom ettirishga ahd qildi.

1986 yilda ikki-kishilik ekipaj dunyoni bir uchishda aylanib chiqqan edi. O'shandagi uchuvchilardan biri, Dik Rutan, bu safargi bir kishilik safar uchun mo'ljallangan samolyotni ishlab chiqqan Burt Rutanning akasi bo'lgan.

XS
SM
MD
LG