Bush: Suriya Livandan barcha qo'shinlarini olib chiqib ketsin


Prezident Bush Suriya hukumatini Livandagi qo'shinlari va razvedka xodimlarini zudlik bilan olib chiqishga chaqirdi.

Vashingtondagi Davlat Mudofaasi Universitetida so'zlar ekan, janob Bush Suriya o'z kuchlarini olib chiqmasa, Livanda o'tishi kutilayotgan saylovlar adolatli va erkin tarzda o'tmaydi, dedi.

"Suriya prezidenti Bashar al-Assad Livandan o'z qo'shinlarini olib chiqsin, aks holda u xalqaro jihatdan yakkalikka yuz tutadi,"-deya ta'kidladi Bush.

Uning nazarida, Livanda ozodlik g'alaba qozonadi va Yaqin Sharqdagi ketma-ket, olamshumul o'zgarishlar natijasida mintaqa hayotida ijobiy burilishlar sodir bo'ladi. "Iroq mintaqadgai boshqa davlatlar uchun namuna bo'la oladi,"-dedi Bush, mamlakatda yaqinda o'tgan saylovlarga ishora qilarkan.

Bush, shuningdek, o'z nutqida, Eronning yadroviy dasturi bilan bog'liq masalaga ham to'htalib, Yevropa muzokaralari holatga yechim topadi, deya umid bildirdi. "Mabodo Eron atom quroliga ega bo'lsa, bu butun mintaqa va dunyoni beqarorlashtiradi,"-dedi Bush.

XS
SM
MD
LG