Askar Akayev oilasi va shaxsiy xavfsizligi ta'minlangan holdagina iste'foga chiqadi


Qirg'iziston muvaqqat hukumati vakillarining aytishicha, agar hokimiyatdan chetlashtirilgan Prezident Askar Akayev rasman iste'foga chiqsa, u va uning oilasiga xavfsizlik kafolatlari beriladi.

Rossiya ommaviy axborot vositalari bilan bo'lgan suhbatida Akayev iste'foga chiqishga tayyor ekanini ma'lim qildi. "Hokimiyatga qaytishga intilmayman-u, biroq hali ham Qirg'izistonning qonuniy rahbariman,"- dedi u.

Mamlakatning yangi muvaqqat prezidenti Kurmanbek Bakiyev korruptsiyaga qarshi kurashish va o'tgan haftadagi namoyishlar natijasida talonchilikka uchragan kishilarga yordam ko'rsatishga va'da berdi.

XS
SM
MD
LG