Breaking News

AQSh Umida Niyozovaga nisbatan hukmni qoralamoqda


Qo’shma Shtatlar 1 may kuni huquq faoli Umida Niyozovaning sudi va unga berilgan hukmdan tashvishda. Niyozova yetti yilga qamalgan.

Umida Niyozova chegarani noqonuniy kesib o’tganlik, kontrabanda va xavfsizlikka rahna soluvchi materiallarni tarqatganlikda aybdor topilgan.

AQSh Davlat departamenti vakili Tom Keysi, ayblovlar ortida siyosiy maqsadlar bor, deydi.

Shoshilinch tarzda o’tkazilgan sudga chet el diplomatlari va jurnalistlar qo’yilmagan.

O’zbekiston hukumati huquq faollari va fuqaro jamiyatiga bosim o’tkazishda davom etmoqda, deydi Tom Keysi.

AQSh rasmiy Toshkentni inson huquqlari bo’yicha xalqaro majburiyatlarini bajarishga chaqiradi.

Vashington rasmiylari nazarida Niyozovaning sudi kabi jarayonlar O’zbekistonning Yevropa Ittifoqi va G’arb davlatlari bilan munosabatlariga putur yetkazadi.

XS
SM
MD
LG